Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi — yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada poytaxt hayoti va boshqaruvida dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ullar axborot va hisobotlari tinglanib, muhokama qilindi.

Sessiya davomida:

— Toshkent shahar prokuraturasining 2025-yil yakunlari bo‘yicha axboroti;

— Ichki ishlar bosh boshqarmasining jamoat xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha hisoboti;

— Soliq boshqarmasining mahalliy byudjet daromadlari va soliq qarzdorligi bo‘yicha ma’lumotlari;

— Adliya boshqarmasining huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot holati bo‘yicha axboroti;

— Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining 2025-yildagi ishlari va bolalar saratoniga qarshi milliy strategiya ijrosi bo‘yicha hisobotlari tinglandi. 

Shuningdek, Yangihayot tumanida “Kelajak markazi”ni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilandi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Kuni kecha Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan nufuzli delegatsiyaga boshchilik qilayotgan Buyuk Britaniya Bosh vazirining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha maxsus savdo vakili Lord Jon Olderdays bilan uchrashuv o‘tkazdi.
17.02.2026, 17:45
Kuni kecha Toshkent shahar hokimligida poytaxt hok...

Muzokaralar davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va infratuzilmaviy hamkorlik masalalarini batafsil muhoka...

“Xalq nazorati” 5 yoshga to'ldi — ishonch va natija!
16.02.2026, 11:21
“Xalq nazorati” 5 yoshga to'ldi — ishonch va natij...

🧑‍💻So‘nggi besh yil davomida bu platforma oddiy murojaat qabul qilish kanali bo‘lib qolmadi — u xalq dardi tinglanadig...

Toshkent shahrida 2026-yilda amalga oshiriladigan qurilish loyihalari bo‘yicha talab etiladigan ishchi kuchi hamda bandlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida AXBOROT
16.02.2026, 11:06
Toshkent shahrida 2026-yilda amalga oshiriladigan ...

Toshkent shahrida 2026-yilda amalga oshiriladigan qurilish loyihalari bo‘yicha talab etiladigan ishchi kuchi hamda bandl...

Har jihatda uyg‘unlik — zamonaviy shahar qiyofasi
14.02.2026, 11:10
Har jihatda uyg‘unlik — zamonaviy shahar qiyofasi

Shovqin-suron hech kimga yoqmaydi. Biroq, tovushli shovqindan tashqari, vizual — axborot va yorug‘lik shovqini ham mavju...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya