- Toshkentdan gapiramiz
- 16.02.2026, 11:06
Toshkent shahrida 2026-yilda amalga oshiriladigan qurilish loyihalari bo‘yicha talab etiladigan ishchi kuchi hamda bandlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida AXBOROT
Toshkent shahrida 2026-yilda amalga oshiriladigan qurilish loyihalari bo‘yicha talab etiladigan ishchi kuchi hamda bandlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida AXBOROT
Toshkent shahrida 2026-yilda amalga oshiriladigan qurilish loyihalari bo‘yicha hisob-kitob ishlari amalga oshirildi. Bunga asosan poytaxtda 2026-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan barcha turdagi qurilish-obodonlashtirish ishlari, investitsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalari, jumladan:
– ko‘p qavatli turar joylar qurilishi;
– ijtimoiy soha obyektlari (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, tibbiyot muassasalari va boshqalar);
– muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari;
– yo‘l-transport infratuzilmasi;
– uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha ish hajmlari tahlil qilinib, har bir obyekt kesimida ishchi kuchi ehtiyoji aniqlandi.
2026-yilda Toshkent shahrida: kambag‘allik darajasini 1,7 foizgacha qisqartirish hamda ishsizlik darajasini 3,8 foizgacha tushirish rejalashtirildi.
Toshkent shahrida 2026-yilda amalga oshiriladigan qurilish loyihalari (qurilish sohasida talab) etiladigan ishchi kuchi:
– qurilish sohasida doimiy ish o‘rinlariga joylashtiriladigan fuqarolar soni — 3 694 nafarni;
– qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida norasmiy faoliyat yuritayotgan fuqarolarni legallashtirish orqali bandligini ta’minlash — 27 344 nafar fuqaro bandligini ta’minlash rejalashtirildi.
Qurilish loyihalari doirasida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishchi kuchi talab etiladi:
– quruvchilar (g‘isht teruvchi, betonchi, armaturachi);
– pardozlash ishlari ustalari;
– elektr va santexnika mutaxassislari;
– muhandis-texnik xodimlar;
– maxsus texnika haydovchilari;
– kommunal soha ishchilari.
Ishga qabul qilish jarayonlari amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq, ochiq va shaffof tartibda amalga oshirilishi ma’lum qilinadi.
Ish vaqti: Dushanba – Shanba, 9:00 – 22:00
Ish ham, ishchi ham — barchasi Call-markaz orqali!
(71) 210-04-21

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov, Zulfiya Mo‘minova, Toshpo‘lat Matibayev...

🗑Jami 1848 ta holat aniqlangan.🗑Shundan:— 1709 ta (92%) 3–7 marta takrorlangan holatlar— 100 ta (5%) 8–12 marta— 39 ta...

🗺Toshkent shahar Yo’l harakatini tashkil etish markazi tomonidan avtoturargohlarni shahar boshqaruvining yagona tizimig...

Ijtimoiy tarmoq orqali Olmazor tumani “Chig‘atoy” kafesi yaqinida (https://maps.google.com/maps?q=41.392768,69.225457&am...