Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati
Bo‘limning faoliyati hokimlik va unga qarashli idoralar faoliyatini, shaharda sodir bo‘layotgan voqealarni keng yoritishga, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalar va tashkilotning OAVda aniq pozitsiyasini egallashga qaratilgan. Matbuot xizmatining ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:
- rasmiy veb-sayt, ommaviy axborot vositalari, Telegram kanali, Facebook sahifasi va boshqa axborot resurslari orqali hokimlik faoliyati to‘g‘risida aholini muntazam, to‘liq va o‘z vaqtida axborot bilan ta’minlash, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar tashkil etish;
- Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, tadbirlar, qabul qilingan hujjatlar va hokimlikning boshqa faoliyati toʻgʻrisida soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etish;
- Axborot makonini monitoring qilish va tahlil qilish, jamiyatda keng muhokama qilinayotgan shahardagi mavzu va voqealarga munosabat bildirish.
Aloqa ma'lumotlari
- Telefon: 71 210 01 63
- Elektron pochta: info@toshkent.uz