
Toshkent —
Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri, respublika tasarrufidagi shahar.
Bu Markaziy Osiyodagi eng gavjum shahar, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy,
madaniy va ilmiy markazi, aviatsiya, temir yoʻl va avtomobil transporti
tarmogʻi hisoblanadi.
2026 yil
boshidagi aholi soni: 3
178 000 kishi.
2021-yilda
Toshkent viloyatining bir qismi qoʻshib olingandan keyin shaharning maydoni 435
km² ni tashkil qiladi.
Toshkent shahri
12 tumandan iborat.
2024-yilda Toshkent
MDH davlatlarining Yoshlar poytaxti bo‘ldi.
2025-yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi Toshkent shahriga “1941-1945 yillardagi mehnat shuhrati shahri” faxriy unvonini berdi.
Toshkentda har yili Toshkent xalqaro investitsiya
forumi o‘tkaziladi. 2025 yilda qiymati taxminan 30,5 mlrd dollarga teng
investitsiya shartnomalari imzolangan.
2026 yilda “Silk Road Finance & Technology
Forum”ning birinchisi, II Xalqaro iqtisodiy hamkorlik forumi va mintaqadagi eng
yirik developerlik forumlaridan biri — Move Real Estate Summit 2026 o‘tkazildi.
Toshkent 2026 yil uchun istiqbolli turistik
yo‘nalishlarning xalqaro ro‘yxatlariga kiritildi.
“Yangi Toshkent”da ob’ektlar qurilishi boshlandi — bu Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida taxminan 20 ming gektar maydonda qurilayotgan ulkan shaharsozlik megaproektidir. Shahar 2 million aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, ekologik toza va texnologik jihatdan ilg‘or “aqlli shahar” sifatida loyihalashtirilmoqda.
Oxirgi yangilanish: 2026 yil iyun oyi.