
- Telefon: 71 210-01-10
- Elektron pochta: info@gorod.uz
- Manzil: Toshkent, Islom Karimov ko‘chasi, 51
Toshkent shahri hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik Kengashi – faol fuqarolar ishtirokidagi poytaxt aholisi kengashi. Jamoatchilik Kengashi shahar hokimiyati va aholi o‘rtasida konstruktiv muloqot tashkil etish, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va hokimiyat faoliyatiga ekspertlarni jalb etish maqsadida tashkil etilgan. Jamoatchilik Kengashining asosiy yo‘nalishlari shahar uchun muhim va foydali loyihalarni tanlash va targ‘ib qilish, shuningdek, shahar hokimiyati faoliyatiga ekspertlik ko‘magi ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Jamoatchilik kengashi shahar jamoatchilik institutlarini rivojlantirishga qiziqqan va o‘z bilim va insoniy yordamlarini hokimiyatga ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan barcha aholiga ochiqdir.