Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov, Zulfiya Mo‘minova, Toshpo‘lat Matibayev hamda Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna  2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashib, hisobot berdi.

🏛 Uchrashuvlar poytaxtning turli hududlarida tashkil etilib, ularda yigirmadan ortiq mahallalar aholisi, mahalla raislari, faollar, yoshlar, nuroniylar, fuqarolar, tegishli tashkilotlar mas’ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📝 Axborotlarda deputatlar tomonidan hisobot davrida sayyor qabullar tashkil etilgani, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilgani, fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilgani to'g'risida ma'lumot berildi. Shuningdek, deputatlar Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli ko‘rib chiqish, kommunal va infratuzilma muammolarini hal etish yuzasidan qator takliflar ilgari surgani haqida axborot berdilar.

🔎 Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan va joylarda aniqlangan masalalar, jumladan, yo‘l va piyodalar infratuzilmasi, elektr va gaz ta’minoti, tungi yoritish, obodonlashtirish, bolalar maydonchalari, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, issiqlik va drenaj tizimlari bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi va tegishli takliflar Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga kiritilishi bildirildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
😁 Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 161-moddasi asosida choralar ko‘rilmoqda.
21.04.2026, 10:52
😁 Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni ...

🗑Jami 1848 ta holat aniqlangan.🗑Shundan:— 1709 ta (92%) 3–7 marta takrorlangan holatlar— 100 ta (5%) 8–12 marta— 39 ta...

🚶 Piyodalar uchun qulaylikni yaxshilash va avtotransportdan xoli hududlarga ustuvorlik berish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
20.04.2026, 10:22
🚶 Piyodalar uchun qulaylikni yaxshilash va avtotr...

🗺Toshkent shahar Yo’l harakatini tashkil etish markazi tomonidan avtoturargohlarni shahar boshqaruvining yagona tizimig...

RASMIY MUNOSABAT
18.04.2026, 11:13
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Olmazor tumani “Chig‘atoy” kafesi yaqinida (https://maps.google.com/maps?q=41.392768,69.225457&am...

🏢 18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni
18.04.2026, 11:07
🏢 18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish so...

Toshkent shahar hokimligi shahrimiz infratuzilmasi barqaror ishlashi, aholining tinch va farovon hayoti ta’minlanishida ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya