- Toshkentdan gapiramiz
- 18.04.2026, 11:07
🏢 18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni
Toshkent shahar hokimligi shahrimiz infratuzilmasi barqaror ishlashi, aholining tinch va farovon hayoti ta’minlanishida beqiyos mehnat qilayotgan barcha kommunal xizmat sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi.
🏠Bugun mamlakatimizdagi har bir xonadonga suv, elektr, gaz, issiqlik energiyasi uzluksiz yetkazilishi, ko‘chalarimiz tozaligi, obodonligi va qulay hayot sharoitlari sizlarning mehnatingiz evaziga ta’minlanmoqda.
O‘z xizmat burchiga yuksak mas’uliyat va sadoqat bilan yondashib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishda munosib hissa qo‘shayotgan kommunal xizmat sohasi vakillariga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
✨Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
Toshkent shahar hokimligi 🇺🇿

Ijtimoiy tarmoq orqali Olmazor tumani “Chig‘atoy” kafesi yaqinida (https://maps.google.com/maps?q=41.392768,69.225457&am...

Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tumanning Islom Karimov va Furqat ko‘chalarida bo‘lib, hududlarni poytaxt...

Muminov Obidjon Odilovich Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i ...

📍 Tumandagi ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirokida navbatdagi shtab yig‘il...