Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

🚶 Piyodalar uchun qulaylikni yaxshilash va avtotransportdan xoli hududlarga ustuvorlik berish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

🗺Toshkent shahar Yo’l harakatini tashkil etish markazi tomonidan avtoturargohlarni shahar boshqaruvining yagona tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirila boshlandi.

🗺Odamlar gavjum obyektlar yaqinidagi tartibsiz avtoturargohlar asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda: avtomobillar piyodalar yo‘laklarida, o‘tish yo‘llari bo‘ylab va binolarga kirish qismlarida qo‘yilib, bu o‘tish yo‘llarining torayishiga, ko‘rishning cheklanishiga va xavfsizlik darajasining pasayishiga olib kelmoqda.

🫥Loyiha asosida piyodalar uchun xavfsiz va qulay shahar muhitiga ustuvorlik berish hamda avtoturargoh maydonini tizimli ravishda tartibga solish yotadi.

🧠Tashabbus doirasida savdo va servis obyektlari yonidagi xususiy yerusti avtoturargohlari yagona shahar boshqaruv tizimiga ulanmoqda. Bu avtoturargoh o‘rinlarining shaffof hisobini yuritish, ularning bandligini nazorat qilish va foydalanishning tushunarli tizimini shakllantirish imkonini beradi.

➡️YHTEM yagona qoidalarni joriy etib, tizimli nazoratni ta’minlaydi va shu orqali avtoturargoh maydonini tashkil etishdagi betartiblikka barham beradi.

📈Loyiha tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda, keyinchalik uning samaradorligi baholanib, jamoatchilik muhokamasi natijalariga ko‘ra ko‘lamini kengaytirish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

💎Bundan tashqari, loyiha amalga oshirilayotgan tumanlarning yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan qo‘shimcha daromad manbayi shakllantirilmoqda.

🟡Ma’lumot uchun: YHTEM mutaxassislarining tahlillariga ko‘ra, shahar faolligi yuqori bo‘lgan hududlarda avtomobillarning 20-30 foizi qoidabuzarlik bilan to‘xtaydi. Bunda piyodalar yo‘laklari qisman transport vositalari va boshqa to‘siqlar bilan band bo‘lib, bu ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 40-60 foizgacha pasaytirishi mumkin. Tirband hududlarda transport oqimining 30 foizgacha, ayrim joylarda esa 40 foizgacha qismi to‘xtash joyini izlash hisobiga yuzaga keladi. Jahon tajribasi avtoturargoh maydonini raqamli va markazlashtirilgan tarzda boshqarish samarali ekanini tasdiqlaydi: mustaqil hisob-kitoblarga ko‘ra, yagona raqamli tizimlar to‘xtash joyini izlash vaqtini 43 foizgacha, bosib o‘tilgan masofani esa 30 foizga qisqartirish imkonini beradi. Buni, xususan, San-Fransiskodagi SFpark dasturi ham tasdiqlaydi. Moskvada xuddi shunday yondashuv avtoturargoh qoidabuzarliklari sonini 64 foizga kamaytirish, pullik to‘xtash joylari hududlarida o‘rtacha harakat tezligini soatiga 56 km gacha oshirish imkonini bergan. Tizimdan tushgan mablag‘lar esa tegishli tumanlardagi hovli va ko‘chalarni obodonlashtirishga yo‘naltirilmoqda.

💸Bu piyodalar hududining xavfsizligini oshirish, harakat ishtirokchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytirish hamda barqaror va oldindan bilish mumkin bo‘lgan shahar tartibini shakllantirishga qaratilgan kompleks yondashuvdir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Jumaboyev Akmal Muradovich Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi
15.10.2026, 16:50
Jumaboyev Akmal Muradovich Yakkasaroy tumani hokim...

Akmal Jumaboyev 1987-yil Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan.Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Toshkent avtomobil-yo‘l...

Inogamov Hayot Ilyasovich Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15.10.2026, 15:35
Inogamov Hayot Ilyasovich Chilonzor tumani hokimi ...

Hayot Inogamov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.Ma’lumoti oliy. 2006-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini...

Temirov Lazizbek Pulatovich Yangihayot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15.10.2026, 14:46
Temirov Lazizbek Pulatovich Yangihayot tumani hoki...

Lazizbek Temirov 1989-yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.Ma’lumoti oliy. 2012-yilda Toshkent davlat iqtis...

Abdulxakov Abdulaziz Axatovich Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15.10.2026, 14:16
Abdulxakov Abdulaziz Axatovich Yashnobod tumani ho...

Abdulaziz Abdulkaxov 1980-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.Ma’lumoti oliy. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitet...