Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Har jihatda uyg‘unlik — zamonaviy shahar qiyofasi

Shovqin-suron hech kimga yoqmaydi. Biroq, tovushli shovqindan tashqari, vizual — axborot va yorug‘lik shovqini ham mavjud. U sezilmay ta’sir ko‘rsatsa-da, undan kam charchatmaydi: ko‘zni toliqtiradi, asabiylashtiradi, tartibsizlik hissini uyg‘otadi.

Shaharda tartib, uslub va qulaylikni saqlab qolish uchun nafaqat yangi binolar qurish, balki mavjud inshootlarni ham tizimli ravishda tartibga solish muhimdir.

2024-yildayoq hokimlik ko‘chalarda tartibsiz o‘rnatilgan LED-ekranlar va axborot panellari yorqinligini aniqlash va kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni boshlagan edi. Ayniqsa, tungi vaqtda yoritish me’yorlariga rioya qilish, chiroqlar aholiga xalaqit bermasligi va haydovchilarni chalg‘itmasligi juda muhim.

Aynan shu sababli tashqi konstruksiyalar — peshlavhalar, tablolar, installyatsiyalarni joylashtirish tartibi joriy etildi. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- o‘lchamlarga aniq talablar,

- bezak va elementlarning yagona uslubi,

- qat’iy belgilangan o‘rnatish joylari,

- ruxsat beruvchi hujjatlarning majburiy mavjudligi.

Shuningdek, hokimlik vakolatli organlar bilan kelishilmagan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan vaqtinchalik va o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni bartaraf etish bo‘yicha doimiy ishlar olib bormoqda.

"O‘zboshimchalik bilan egallab olish": shlagbaumlar, to‘siqlar o‘rnatish, yashil va jamoat joylarida to‘xtash joylarini, noqonuniy jihozlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday harakatlar obodonlashtirish qoidalarini va shahar qiyofasini buzadi.

Biz shaharni tozaroq, zamonaviyroq va qulayroq qilmoqdamiz. Har bir saranjom jihat — yashash, ishlash va faxrlanish istagi uyg‘otadigan poytaxt qiyofasiga qo‘shilgan hissadir.

Shunday ekan, keling, birgalikda shahrimizni yanada obod qilaylik!

Eslatib o‘tamiz, mavzu yuzasidan savol va murojaatlarni post ostida keltirilgan havola orqali telegram-botimizga yo‘llashingiz mumkin.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
🎓🏫 Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi ✨
04.05.2026, 15:16
🎓🏫 Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida “Ochiq ...

📚 Tadbirda umumta’lim maktablari bitiruvchi o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. 🖨🎨📖👨‍🏫 ...

Yangi Sergeli ko‘chasida "24/7 turizm ko‘chasi" loyihasi boshlandi!
04.05.2026, 12:29
Yangi Sergeli ko‘chasida "24/7 turizm ko‘chasi" lo...

📍 ​Sergeli tumani o‘z ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishda davom etmoqda. Hududda turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini y...

▫️ Mirobod tumanida "Payshanba — Yoshlar kuni" munosabati bilan 110-sonli IDUMda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
01.05.2026, 11:47
▫️ Mirobod tumanida "Payshanba — Yoshlar kuni" mun...

Tadbirda Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Uch...

🧠Payshanba – "Yoshlar kuni" munosabati bilan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistrantlari bilan uchrashdi.
01.05.2026, 10:40
🧠Payshanba – "Yoshlar kuni" munosabati bilan Tosh...

🔺Uchrashuv davomida yo‘l harakatini tashkil etishda xorijiy tajriba va uni poytaxtda joriy etish bo‘yicha amalga oshiri...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya