Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Kuni kecha Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan nufuzli delegatsiyaga boshchilik qilayotgan Buyuk Britaniya Bosh vazirining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha maxsus savdo vakili Lord Jon Olderdays bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va infratuzilmaviy hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qildilar. Toshkent iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari ochiqlik, shaffoflik va korrupsiyaga toqatsizlik tamoyillari asosida rivojlanayotgani ta’kidlandi. Shahar uzoq muddatli hamkorlik va barqaror o‘sishga yo‘naltirilgan investitsion jozibador muhitni izchil ravishda shakllantirib bormoqda.

So‘nggi bir necha yil ichida poytaxt rivojlanishning ilg‘or sur’atlarini namoyish etayotgani, turli mamlakatlar hududlari bilan hamkorlik faollashayotgani, sanoat, transport, shahar infratuzilmasi, ta’lim va innovatsiyalar sohalarida loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi barqaror o‘sib bormoqda, bu esa shahar muhitini modernizatsiya qilish va aholi turmush sifatini yaxshilashni tezlashtirish imkonini bermoqda.

Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud maktab va bog‘chalarni qayta qurish va qamrovni kengaytirish bilan bir qatorda, shaharning har bir tumanida yangi ta’lim muassasalari qurish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, olimpiya zaxirasini shakllantirish uchun 32 ta sport turi bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktablarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Poytaxtning ekologik siyosati doirasida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sanoat va yo‘l obyektlarini bosqichma-bosqich shahar tashqarisiga chiqarish davom etmoqda.

Mehmonlarga Toshkentda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari, zamonaviy turar-joy majmualari qurilishi, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot sohasidagi islohotlar haqida ma’lumot berildi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, shaharsozlik, ta’lim, moliya va innovatsiya sohalarida izchil ravishda mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.

Delegatsiya a’zolari ilg‘or boshqaruv tajribasi almashinuvini kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma loyihalarda xususiy sektor ishtirokini faollashtirishga qiziqish bildirdilar. Bundan tashqari, ikki tomonlama biznes-forumlarni tashkil etish va ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorliklarini tasdiqladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Sergeli tumanida maktab direktorlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi
27.08.2026, 16:56
Sergeli tumanida maktab direktorlari uchun seminar...

25-avgust kuni Sergeli tumani Vaziyatlar markazida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari Alisher Dusmuxamedov va Dur...

Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi
27.08.2026, 16:39
Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilid...

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻ...

Yuksak e’tirof — katta mas’uliyat
27.08.2026, 10:02
Yuksak e’tirof — katta mas’uliyat

Tantanali marosimda bir qator viloyatlar hokimlari hamda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovga yuksak davlat mukofo...

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hisobot tinglandi
26.08.2026, 16:30
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hisobot tin...

Toshkent shahar hokimligida poytaxt Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda tuman bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi ...