Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Farg‘ona yo‘li ko‘chasida avtobuslar uchun ajratilgan «A» yo‘laklarida harakatni nazorat qiluvchi kameralar o‘rnatildi

🚦 Toshkent shahrida barcha yo‘l harakati ishtirokchilari — piyodalar, jamoat transporti yo‘lovchilari va haydovchilar manfaatlari hisobga olingan xavfsiz, zamonaviy va qulay shahar muhitini yaratish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada poytaxtning transport infratuzilmasi bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda: yangi BRT yo‘laklari barpo etilmoqda, avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar tarmog‘i kengaytirilmoqda, yo‘l harakatini tashkil etish tizimi takomillashtirilmoqda.

Biroq zamonaviy infratuzilmani yaratish — ishning bir qismi, xolos. Undan samarali foydalanish va belgilangan qoidalarga rioya etilishini ta’minlash ham birdek muhim.

📍 Shu munosabat bilan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 6 kilometrli qismida, har ikki yo‘nalishda «A» ajratilgan yo‘laklar bo‘ylab harakatlanishni nazorat qiluvchi kameralar o‘rnatildi.

Shuningdek, jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish maqsadida poytaxtning boshqa ko‘chalaridagi ajratilgan yo‘laklarda ham nazorat kameralari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.

🚌 Nima uchun avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakni band qilmaslik muhim?

Bitta avtobusda bir vaqtning o‘zida 50 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lishi mumkin. Avtomobil ajratilgan yo‘lakka chiqib, avtobus harakatiga to‘sqinlik qilsa, bu shunchaki bitta transport vositasining emas, balki ishga, o‘qishga, uyiga yoki boshqa muhim yumushlari bilan shoshilayotgan o‘nlab insonlarning kechikishiga sabab bo‘ladi.


Ya’ni bitta avtomobil sababli 50 nafardan ortiq inson vaqt yo‘qotishi mumkin. Agar bir nechta avtobusning harakati kechiksa, bundan aziyat chekadigan yo‘lovchilar soni yanada ortadi.

Aynan shu sababli ajratilgan yo‘laklar jamoat transportining ortiqcha kechikishlarsiz harakatlanishi, qatnov jadvaliga rioya qilishi va yo‘lovchilarning manziliga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

⏰ Eslatib o‘tamiz: soat 06:00 dan 23:00 gacha «A» ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish huquqiga ega bo‘lmagan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

❗️Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari, haydovchilar!

Yo‘llarda nihoyatda e’tiborli bo‘lishingizni, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishingizni, taqiqlangan vaqtlarda ajratilgan yo‘laklarni band qilmasligingizni hamda boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining manfaatlarini hurmat qilishingizni so‘raymiz.


Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va jamoat transporti samaradorligini oshirish — har bir inson uchun qulay shahar yaratish yo‘lidagi izchil qadamlardir.

🏙 Shahar — barchamiz uchun. Yo‘llar — har birimiz uchun.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi
13.10.2026, 09:41
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi

Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Dauletiyar Xudaybergenov fuqarolarni qabul qiladi.🔹 ...

Fuqarolar mulki va aholi manfaatlari Toshkent shahar hokimligi uchun doimo ustuvor ahamiyatga ega
12.10.2026, 14:30
Fuqarolar mulki va aholi manfaatlari Toshkent shah...

▫️Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalardan birida deraza panjaralarini demontaj qilish ishlari to‘xtatildi. Vaziyat poyta...

❗️YASHNOBOD TUMANIDAGI “YANGI DAVR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI
12.10.2026, 10:12
❗️YASHNOBOD TUMANIDAGI “YANGI DAVR” MAHALLASIDA KO...

🏛 Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Muminov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davron...