- Toshkentdan gapiramiz
- 30.04.2026, 10:30
Maxtumquli ko‘chasi: murakkab tirbandliklardan muhandislik yechimlari sari ⚡️
Maxtumquli ko‘chasi — bu qayta ko‘rib chiqishni talab qiladigan ulkan transport oqimidir. Biz amalga oshirgan yechimlar «Avval va Hozir» formatidagi solishtiruvimizda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ikkita yangi qayrilib olish joyi tashkil etildi. Bu avtomobillarning ortiqcha masofa bosib o‘tishini qisqartiradi hamda yirik chorrahalardagi tirbandlikni o‘rtacha 15-20 foizga kamaytiradi.
Piyodalar xavfsizligi diqqat markazida: Tartibga solinmagan o‘tish joylari o‘rnida zamonaviy svetofor obyekti ishga tushirildi. Endilikda piyodalar yo‘lni maxsus tartibga solingan o‘tish joyidan xavfsiz kesib o‘tishlari mumkin.
Bu yechimlar yo‘llardagi xavfni minimallashtirish hamda shahar bo‘ylab harakatlanishni har birimiz uchun qulay qilishga qaratilgan. YHTEM shahar bo‘ylab harakatni tartibli va barcha uchun xavfsiz qiladigan yechimlarni tizimli ravishda joriy etishda davom etadi. 🤝

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...
Umumiy joylarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, o‘zboshimchalik bilan qurilish yoki o‘zgartirish ishlarini amalg...

Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etm...