- Toshkentdan gapiramiz
- 25.06.2026, 10:47
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi
Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchasi tashkil etildi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashabbusi bilan bekat maydoni qisqa muddatli jismoniy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan unsurlar bilan to‘ldirildi. Bunday yondashuv shahar infratuzilmasi nafaqat harakatlanish, balki aholining qulayligi, salomatligi va kundalik farovonligi uchun ham yaratilayotganini aks ettiradi.
Endi yo‘lovchilar avtobus kutish vaqtidan yengil mashqlar, tortilish yoki oddiy jismoniy harakatlar uchun foydalanishlari mumkin. Bu esa sportni odatiy shahar qatnoviga — ishga, o‘qishga yoki uyga ketish yo‘liga yaqinlashtiradi.
Bunday yechimlar boshqa shaharlarda ham uchraydi: Seul, Pekin, Singapur, Parij, Bogota va Kalida avtobus pavilyonlari turniklar, zinapoyalar va boshqa sport anjomlari bilan jihozlangan kichik faollik hududlariga aylantirilgan. Ularning g‘oyasi oddiy — harakat kundalik hayotning tabiiy bir qismiga aylanishi mumkin.
Toshkent uchun bunday bekat jamoat transporti atrofida yanada qulay muhit yaratish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Avtobuslarga ustuvorlik berish nafaqat yo‘nalishlar, yo‘laklar va yangilangan bekat majmualarini, balki kutish jarayonining sifatini ham anglatadi: xavfsizlik, qulaylik, ochiqlik va aholi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar.
Bunday obyektlar aniq manzillarda — avvalo aholi zich joylashgan hududlarda, serqatnov yo‘nalishlar tarmog‘iga ega bekatlarda hamda kutish va faollik hududlarini xavfsiz ajratish uchun yetarli joy mavjud bo‘lgan yerlarda o‘rnatiladi.
Asosiy shartlar — xavfsizlik, yo‘lovchilar uchun qulaylik, mustahkam konstruksiyalar, muntazam texnik xizmat ko‘rsatish hamda jamoat transporti va piyodalar harakatiga xalaqit qilmaslikdir.
Shuni eslatib o‘tish joizki, jamoat transportiga ustuvorlik berish poytaxt hokimligining asosiy vazifasi bo‘lib, bu ish nafaqat yangi yo‘nalishlar va yo‘laklarni, balki bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.
Biz aholi takliflariga ochiqmiz va bu kabi vorkaut-bekatlar haqiqatan ham foydali va zarur bo‘ladigan yangi manzillarni, shuningdek, ularning jihozlanish turlarini ko‘rib chiqishga tayyormiz. Agar siz yo‘lovchi oqimi faol bo‘lgan va bunday maydonchani xavfsiz joylashtirish uchun yetarli joyga ega manzillarni bilsangiz, o‘z takliflaringizni @codd_tashkent_bot telegram-botiga yuboring.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini t...
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi talabalar turar joyi 8 oyda qurib bitirildi va foydalanishga topshiri...

Poytaxt tumanlariga 24 ta yangi yo‘l texnikasini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Toshkentning barcha 12 ta tu...
Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli...