Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi yo‘nalishi ishga tushirildi

Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli ko‘chasida — Janubiy vokzal va Grand Mir Hotel oralig‘ida ikki tomonlama ishga tushirildi.

📊 O‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra:

📍 Janubiy vokzal → Grand Mir Hotel yo'nalishida
🟢 harakatlanish vaqti 11 daqiqa 30 soniyadan 8 daqiqagacha qisqardi;
🟢 qizil signalda to‘xtashlar soni 6 tadan 2 taga kamaydi.

📍 Grand Mir Hotel → Janubiy vokzal yo'nalishida
🟢 harakatlanish vaqti 12 daqiqadan 8 daqiqa 30 soniyagacha qisqardi;
🟢 qizil signalda to‘xtashlar soni ushbu yo‘nalishda ham 6 tadan 2 taga kamaydi.

📌 Natijada har ikki yo‘nalishda yo‘lga sarflanadigan vaqt 3 daqiqa 30 soniyaga yoki qariyb 30 foizga qisqardi.

🚦 “Yashil to‘lqin” qanday ishlaydi?

Mazkur tizim barcha svetoforlarda yashil signal bir vaqtda yonishini anglatmaydi. Avtomobilning yo‘lning muayyan qismini bosib o‘tishi uchun zarur vaqt hisobga olinib, har bir keyingi svetoforda yashil signalning yonishi belgilangan vaqt oralig‘i asosida sozlanadi.

Haydovchi yo‘nalishga yashil signalda kirib, belgilangan tezlik me’yoriga rioya qilgan holda bir maromda harakatlansa va transport oqimi erkin bo‘lsa, navbatdagi svetoforga yashil signal yongan vaqtda yetib boradi.

🚘 Haydovchilar uchun asosiy qoidalar

• harakatni yashil signalda boshlash;
• belgilangan tezlik me’yoriga rioya qilish;
• keskin tezlashish va tormozlashdan saqlanish;
• xavfsiz oraliq masofani saqlash;
• svetofor signallariga qat’iy amal qilish va piyodalarga yo‘l berish.



📈 “Yashil to‘lqin” tezlikni oshirish uchun emas, balki transport vositalarining yagona va xavfsiz ritmda harakatlanishini ta’minlash uchun joriy etilgan. Tizim svetoforlar oldidagi ortiqcha to‘xtashlar, chorrahalardagi navbatlar va kutish vaqtini kamaytirish, shuningdek, yonilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilar hajmini qisqartirishga xizmat qiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
07.10.2026, 17:04
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Toshkent shahar prokurori Anvar Urmanov hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida tadbirkorlarning mua...

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jamoatchilik nazorati ostida o‘rganilmoqda
07.10.2026, 10:20
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jamoatchilik nazor...

Toshkent shahrida kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlar...

"Cyberkent 4.0”: yoshlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy maydon
07.10.2026, 10:09
"Cyberkent 4.0”: yoshlar uchun kiberxavfsizlik bo‘...

🖥 Toshkent shahrida raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, yo...

Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
06.10.2026, 15:23
Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan shaxsiy qabul...

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shaxnoza Sultanova tomonidan poytaxt aholisi uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazild...