Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligida qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijalariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, joriy yilning 24-sentyabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligiga “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali jami 17 188 ta topshiriq kelib tushgan. Shundan 14 668 tasi yoki 85,4 foizi bajarilgan, qolgan 2 520 ta topshiriqning ijro muddati mavjud bo‘lib, ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Shuningdek, sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi alohida tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, ayrim topshiriqlar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kechikishlar va kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Xususan, sentyabr oyida 26 ta topshiriq ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanmagani qayd etilib, ularning sabablarini bartaraf etish va mas’ullar javobgarligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida kunlik nazorat mexanizmlari, aniq muddat va mas’ul ijrochilar belgilangan kalendar rejalar hamda tegishli yo‘l xaritalari asosida ish olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Yig‘ilish yakunida hokim o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar va mas’ul rahbarlarga topshiriqlar ijrosini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijro intizomini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Ta’kidlanganidek, ijro intizomi — bu shunchaki topshiriqlarning bajarilishi emas, balki qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijasi va shahar hayotidagi real o‘zgarishlarni ta’minlashning muhim omilidir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkentda daraxt va ösimliklarni çangdan yuviş işlari olib borilmoqda
21.10.2026, 15:35
Toşkentda daraxt va ösimliklarni çangdan yuviş işl...

🌧 Bu yilgi kuz ham, xuddi ötgan yildagidek, yoğingarçilik tanqisligi muammosini yana bir bor yodga solmoqda. Özgidromet...

Endi poytaxtda uyga yaqin hududdan ishni Toshkent shahrining internet tarmog‘idagi elektron xaritalari orqali topish mumkin!
21.10.2026, 10:14
Endi poytaxtda uyga yaqin hududdan ishni Toshkent ...

🟢 «15 daqiqalik shahar» konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Toshkent shahar hokimligi hamda «2GIS» kompaniyasi o‘r...

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
21.10.2026, 10:08
Aziz yurtdoshlar! Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tili...

O‘zbek tili — xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi, milliy o‘zligimiz, boy tariximiz va ko‘p asrlik qadriyatlarimizni o‘...

Toshkentda yashil hududlar ko‘payadi: mahallalarda mikroo‘rmonlar, yangi bog‘lar va soyali sayr ko‘chalari tashkil etiladi
20.10.2026, 12:03
Toshkentda yashil hududlar ko‘payadi: mahallalarda...

🌳 Toshkent shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni asrash...