- Toshkentdan gapiramiz
- 24.06.2026, 17:32
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashni nazarda tutmoqda
🛡Qonunning eng muhim yangiliklari quyidagilardan iborat:
— Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi;
— Reyestrga kiritilgan shaxslar davlat xizmatiga qabul qilinmaydi, saylanadigan lavozimlarga nomzod bo‘la olmaydi hamda davlat xaridlarida ishtirok etmaydi;
— Jinoyat kodeksida «korrupsiyaga oid jinoyatlar» tushunchasiga ilk bor huquqiy ta’rif berilib, unga 18 turdagi jinoyat kiritildi;
— Davlat organlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi;
— 5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalari qo‘llanilmaydi;
— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi.
Bugun Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqar...
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 11-avgust kuni Chilonzor tumaniga ishchi tashrifi davomida Anhor.uz'ga eksklyuz...
Transport vositalari harakatini qulaylashtirish, ortiqcha masofani qisqartirish va chorrahadagi tirbandliklarning oldini...

📝 Unda dastlab Joriy yilning 1-yarim yilligida Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiri...