Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Dizayn-kodni joriy etishga yondashuv bildirilgan fikrlar asosida qayta ko‘rib chiqildi: tadbirkorlar manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega

❗️Bildirilgan konstruktiv, jumladan, tanqidiy fikr-mulohazalardan so‘ng shahar ko‘chalari qiyofasidagi o‘zgarishlarni yoritish va tadbirkorlarga dizayn-kod talablarini tushuntirishga doir yondashuv qayta ko‘rib chiqildi.

➡️Asosiy e’tibor ochiq muloqotga, ma’lumotlarni tushunarli tarzda yetkazishga va yuzaga keladigan masalalarni individual tartibda ko‘rib chiqishga qaratildi.

❔Joriy yilning 11-mayidan 26-iyuliga qadar dizayn-kodni joriy etish ishlari poytaxtning 56 ta ko‘chasidagi 3 228 ta tadbirkorlik subyektini qamrab oldi. O‘zgarishlar bevosita ta’sir ko‘rsatgan tadbirkorlarning fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazdi.

🔝Teskari aloqa natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayrim hollarda talablar, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va bajariladigan ishlar ketma-ketligi o‘z vaqtida va yetarlicha tushunarli tarzda izohlanmagan. Bu e’tirozlar o‘rinli deb topildi va kelgusi ishlarda inobatga olindi.

🏢Bugungi kunga kelib 509 nafar tadbirkor o‘z binosi fasadini yangiladi, yana 2 627 nafari bu boradagi ishlarni yakunlamoqda. Qolgan masalalar tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda individual tarzda ko‘rib chiqiladi.

✔️Bundan tashqari, “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti ekspertlari ishtirokida 18 ta reklama-ishlab chiqarish kompaniyasi mutaxassislarining malakasi oshirildi.

🧑‍💻Vazifamiz – shunchaki fasadlarni yagona talablarga moslashtirish emas, balki bu jarayonni tadbirkorlar uchun tushunarli va adolatli tashkil etishdir. Dizayn-kod biznes uchun asossiz qiyinchiliklar yaratmasdan, poytaxtimiz qiyofasini yaxshilashi lozim.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda yashil hududlar ko‘payadi: mahallalarda mikroo‘rmonlar, yangi bog‘lar va soyali sayr ko‘chalari tashkil etiladi
20.10.2026, 12:03
Toshkentda yashil hududlar ko‘payadi: mahallalarda...

🌳 Toshkent shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni asrash...

Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
20.10.2026, 09:55
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida

Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Mirmuhammad Mirxamidov f...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi
20.10.2026, 09:45
Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tad...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi r...

Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi daha va mavzelarning nomi hamda ularning geografik joylashuvini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish taklif etilmoqda
19.10.2026, 17:22
Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi daha va ma...

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga ayrim tuman hokimliklar...