- Toshkentdan gapiramiz
- 29.04.2026, 10:38
🏆 Toshkentda “Ayollar sport olimpiadasi”ning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
🏆Toshkent shahrida xotin-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan “Ayollar sport olimpiadasi”ning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ochilish marosimi bilan boshlanib, unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultanova, Sport boshqarmasi vakillari, tashkilotchilar hamda ishtirokchilar qatnashdi.
🏓Musobaqalar davomida xotin-qizlar stol tennisi, shaxmat, shashka va yengil atletika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Har bir sport turi bo‘yicha bahslar faollik va yuqori kayfiyatda o‘tdi.
🔺Bellashuvlar yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha g'oliblar aniqlanib, ular diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xotin-qizlar endilikda respublika bosqichida Toshkent shahri nomidan ishtirok etadi

🗓️ 27–28-iyun kunlari Toshkent shahrida Summer Fest 2026 yozgi festivali o‘tkaziladi.📍Tadbir Shayxontohur tumanidagi B...

Mirzo Ulug‘bek tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan...

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...