- Toshkentdan gapiramiz
- 27.04.2026, 12:14
TAYINLOV
Xudaybergenov Dauletiyar Baxtiyarovich Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Dauletiyar Xudaybergenov 1990-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan.
2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavriat, 2015-yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan.
2024-yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetini qayta tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan.
2025-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2014-yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelgan.
Prezident Administratsiyasida ishlagan davrida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etish, sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oshirish, qurilish va kommunal sohani hamda hududlarni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarda bevosita ishtirok etgan.
Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Dusmuhamedov Alisher Ismatillaevich Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosar...

Toshkent shahаr hokimligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida poytaxtlik pedagogla...

Yangihayot tumanida ajrim ko‘rsatkichi oshgan mahallalarda oilaviy munosabatlarni o‘rganish va ajrimlarning oldini olish...

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov, Zulfiya Mo‘minova, Toshpo‘lat Matibayev...