Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

TAYINLOV

Dusmuhamedov Alisher Ismatillaevich Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Alisher Dusmuhamedov 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2002-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini, 2021-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarda ishlagan.

2023-yil 29-martdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi
25.06.2026, 10:47
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar
24.06.2026, 17:32
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...

Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydalanishdagi joylar, uyga tutash hudud, muhandislik tarmoqlari hamda umumiy mol-mulkdan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
23.06.2026, 10:38
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydal...

Umumiy joylarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, o‘zboshimchalik bilan qurilish yoki o‘zgartirish ishlarini amalg...

Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoqda: “A” yo‘laklariga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
22.06.2026, 15:27
Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoq...

Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etm...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya