- Toshkentdan gapiramiz
- 30.03.2026, 16:09
♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun
🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytirish, mas’uliyatli iste’molni kengaytirish hamda qayta ishlash madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. 2026-yilda ushbu sana doirasidagi global e’tibor aynan oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish masalasiga qaratilmoqda.
♻Mazkur masala Toshkent shahri uchun ham nihoyatda dolzarb: 2025-yilda poytaxtda jami 1,1 million tonna chiqindi yig‘ib olingan. Shaharda har kuni 320 ta maxsus texnika yordamida 3 ming tonnaga yaqin chiqindi yig‘ilib, olib chiqiladi.
Toshkent shahar hokimligi chiqindilar bilan ishlash masalasiga faqat kommunal xizmat vazifasi sifatida emas, balki ekologiya, zamonaviy shahar boshqaruvi va fuqarolik madaniyatining muhim yo‘nalishi sifatida qaraydi. Shu maqsadda poytaxtda chiqindilarni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha “Toza Poytaxt” tizimi joriy etilgan. Mazkur tizim orqali chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar harakati, ularga biriktirilgan hududlar, davlat raqamlari hamda har bir hudud bo‘yicha chiqindi olib ketish kunlarini kuzatish imkoniyati yaratilgan.
🖥Shuningdek, xalqnazorati.uz platformasi orqali aholidan kelib tushayotgan murojaatlar qabul qilinib, to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’ullarga yo‘naltirilmoqda. Bu esa murojaatlarni ko‘rib chiqish sifatini oshirish, muammolarni bartaraf etish muddatini qisqartirish va tizimning ochiqligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
🔄Qayta ishlash yo‘nalishida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Yangihayot tumanidagi “Profpack” korxonasida har oy qariyb 2,5 ming tonna qog‘oz chiqindisi qayta ishlanmoqda. Bundan tashqari, plastik chiqindilarni alohida yig‘ish va ularni qayta ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus loyihalar ham ko‘rib chiqilmoqda.
🔺Nazorat va javobgarlik masalasi ham doimiy e’tiborda. Xususan, o'tgan 2025-yilda o‘tkazilgan reydlar davomida poytaxtda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 2 milliard so‘mdan ortiq jarimalar qo‘llanilgan.
➡️Bugungi sana yana bir muhim haqiqatni eslatadi: chiqindi muammosi faqat uni olib chiqish bilan hal bo'lmaydi. Ayniqsa, 2026-yilgi global mavzudan kelib chiqib, oziq-ovqat isrofiga yo‘l qo‘ymaslik, saralash madaniyatini kengaytirish, atrof-muhit tozaligiga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va tizim xodimlari mehnatini hurmat qilish har birimizning kundalik odatimizga aylanishi lozim.

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...

Buning uchun 204,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Shundan:— 112 ta loyiha — qurilish ishlari— 54 ta loyiha — xarid yo...

🚦 Aqlli svetoforlar:Bobur ko‘chasida 4 ta obyektda svetofor tayanch ustunlari uchun 25 ta anker blok o‘rnatildi.Sebzor ...

Mamlakatimizda foydalanilmayotgan yoki samarasiz ishlatilayotgan davlat mulklarini iqtisodiy muomalaga kiritish, xususiy...