- Toshkentdan gapiramiz
- 25.03.2026, 16:54
Davlat mulklarini realizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar: ochiqlik, samaradorlik va yangi imkoniyatlar!
Mamlakatimizda foydalanilmayotgan yoki samarasiz ishlatilayotgan davlat mulklarini iqtisodiy muomalaga kiritish, xususiy sektor ulushini kengaytirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlat mulklarini sotish va ijaraga berish jarayonlari elektron onlayn-auksionlar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa barcha ishtirokchilar uchun shaffoflik va teng raqobat sharoitlarini ta’minlamoqda.
Mazkur qarorlar ijrosi Toshkent shahrida ham izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida joylashgan bo‘sh turgan va kam foydalanilayotgan davlat mulki obyektlari bosqichma-bosqich inventarizatsiyadan o‘tkazilib, ularni sotish yoki ijaraga berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Shuningdek, davlat mulklarini ijaraga berish bo‘yicha belgilangan tartib-taomillar aholining huquqiy xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mulk qiymati, undan foydalanish shartlari hamda tomonlarning huquq va majburiyatlari oldindan aniq belgilanishi fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratmoqda.
Xulosa qilib aytganda, davlat mulklarini realizatsiya qilish va xususiylashtirishga oid qarorlar iqtisodiyotga ochiqlik, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning izchil ijrosi Toshkent shahrida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔺Poytaxtda tumanlarni rivojlantirishning iqtisodiy va moliyaviy rejalashtirish hamda natijadorlikka asoslangan boshqaru...

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan; (https://kengash.gov.uz/doc/256051)🔺 2030-yi...

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 23-martdan 7-ap...

🚌 Yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va aholining transportga bo'lgan talabini qond...