- Toshkentdan gapiramiz
- 19.03.2026, 11:22
Yo'lovchilar diqqatiga!
🚌 Yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va aholining transportga bo'lgan talabini qondirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, 2026-yil 23-mart kunidan boshlab "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi "Toshavtobustrans" MCHJ tomonidan 1226-sonli "Mashinasozlar metrosi (Toshkent) - Chorbog' (Humson qo'rg'oni)" avtobus yo'nalishi harakati qayta yo'lga qo'yiladi.
🚌 Yo'nalishga "MAN RR3" rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ushbu avtobuslar 47 ta o'rindiqli, shinam va konditsionerlar bilan jihozlangan. Yo'nalishda yo'l kira narhi 25000 so'mni tashkil etadi.
🕔 Birinchi qatnov Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 6:00 da boshlanadi. Qanovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So'nggi qatnov soat 20:30 da Chorbog' tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida tugatiladi.
📍Yo'nalishdagi avtobuslar o'z harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli ko'chasi, Yangi O'zbekiston bog'i, Xojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo'rg'onigacha harakatlanadi.
💳 Yo'nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to'lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
Toshkent shahrida maktab o‘quvchilarini xavfsiz tushirish va olib ketish uchun maxsus hududlarni tashkil etish ishlari b...

Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbari...

⬆️ 29-sentyabr kuni poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi, jamoat transporti faoliyati, tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, ta...
▫️Bular yangi formatdagi — texnologik, ergonomik, qulay va inklyuziv maktablar bo‘ladi. Loyihalar zamonaviy me’moriy yec...