Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Maktablar oldida bolalarni xavfsiz tushirish va olib ketish hududlari bosqichma-bosqich kengaymoqda

Toshkent shahrida maktab o‘quvchilarini xavfsiz tushirish va olib ketish uchun maxsus hududlarni tashkil etish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil olib borilmoqda: mutaxassislar har bir hududning o‘ziga xos jihatlari, transport oqimi, maktablarning joylashuvi va mavjud yo‘l sharoitlarini o‘rganib, yechimlarni real shahar sharoitiga moslashtirmoqda.

Dastlab bunday hududlar 2 ta maktab — 5- va 42-sonli maktablar oldida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu amaliyot 9 ta maktabni qamrab oldi. Yangi hududlar 110-, 89-, 300-, 154-, 280-, 195- va 64-sonli maktablar oldida tashkil etildi.

🅿️ Mazkur hududlarda transport vositalarining qisqa muddat to‘xtashi uchun maxsus joylar ajratilib, zarur yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda va tegishli yo‘l chiziqlari chizilmoqda. Asosiy maqsad — bolalarni tushirish va olib ketish jarayonini yanada xavfsiz va qulay qilish, maktablar oldidagi tartibsiz to‘xtashlarni kamaytirish hamda darslar boshlanishi va tugashi paytidagi eng tig‘iz vaqtlarda transport harakatini tartibga solish.

🌐 Bunday yondashuv xalqaro amaliyotda ham keng qo‘llaniladi. Ayrim mamlakatlarda Kiss & Ride yoki Kiss & Drop deb ataladigan o‘quvchilarni qisqa muddatda tushirish va olib ketish hududlari Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda faol qo‘llanib kelinmoqda. Shuningdek, shunga o‘xshash yechimlar MDH davlatlarida, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda ham amaliyotga joriy etilgan.

Shu bilan birga, har bir yangi yechim vaqt, kuzatuv va muntazam takomillashtirishni talab qiladi. Mutaxassislar tashkil etilgan hududlarning amalda qanday ishlayotganini tahlil qilishda, yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlashda hamda aniq ko‘chalar, transport holati va jamoatchilik fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda yondashuvni yanada takomillashtirishda davom etadi.

📍 Ishlar bundan buyon ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Dastlabki hududlarda to‘plangan tajriba poytaxtning boshqa maktablari oldida ham shunday hududlarni tashkil etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi soddalashtirildi: firma nomi, faoliyat turi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi
16.10.2026, 17:44
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi soddalashti...

📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktyabrdagi 563-son qarori bilan tashqi reklamani joylashtirish tartibiga tadbirko...

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatining ustuvorligini oshirish va avtomobillardan voz kechish siyosatini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar davom ettirilmoqda
16.10.2026, 16:24
Toshkent shahrida jamoat transporti harakatining u...

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatining ustuvorligini oshirish va avtomobillardan voz kechish siyosatini amalga...

Toshkent shahrida Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
16.10.2026, 10:48
Toshkent shahrida Ijtimoiy sheriklik komissiyasini...

14-oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yig‘i...

Yosh siyosatchilar marafoni: g‘oyadan qarorga
16.10.2026, 10:04
Yosh siyosatchilar marafoni: g‘oyadan qarorga

15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “G‘oya ber, fi...