- Toshkentdan gapiramiz
- 24.03.2026, 11:43
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi 26-mart, soat 10:00 da (https://kengash.gov.uz/doc/256051) bo‘lib o‘tadi.
🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan; (https://kengash.gov.uz/doc/256051)
🔺 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha Toshkent shahar kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash haqida;
🔺 Toshkent shahrida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini, xususan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish va natijalarini muhokama qilish;
🔺 Toshkent shahar Sport boshqarmasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlari hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risida;
🔺 Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2026-yildagi ustuvor rejalari to‘g‘risida;
🔺 Toshkent shahrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llar, yo‘laklar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya va aloqa tarmoqlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obyektini har qanday ko‘rinishda ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish tartibi va to‘lov miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida;
🔺 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakilining hududda bola huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasini eshitish to‘g‘risida;
🔺 Toshkent shahrida oqar suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning I choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishning reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida;
🔺 Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;
🔺 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar
bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 23-martdan 7-ap...

🚌 Yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va aholining transportga bo'lgan talabini qond...

Asosiy bayram manzillari:📍 21–22 mart — "O‘zbekiston ovozi" turizm ko‘chasi (Bosh manzil)📍 21–22 mart — Taras Sh...

🗺 Mirzo Ulug'bek tumani. Tuman obodonlashtirish xodimlari tomonidan hududlardagi yo'llar va ariqlar chiqindlardan tozal...