- Toshkentdan gapiramiz
- 26.03.2026, 11:22
2026-yil 25-mart. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
🚦 Aqlli svetoforlar:
Bobur ko‘chasida 4 ta obyektda svetofor tayanch ustunlari uchun 25 ta anker blok o‘rnatildi.
Sebzor ko‘chasida 1 ta obyektda 10 ta tayanch ustuni o‘rnatilib, 32 ta svetofor ishga tushirildi.
KXAY ko‘chasida 30 ta svetofor o‘rnatilib ishga tushirildi, shuningdek 2 ta obyektda tayanch ustunlari uchun 4 ta anker blok o‘rnatildi.
Maxtumquli ko‘chasida 2 ta obyektda tayanch ustunlari uchun 28 ta anker blok o‘rnatildi.
Ahmad Donish ko‘chasida 1 ta obyektda 59 metr plastik quvur yotqizildi va 1 ta obyektda 10 ta tayanch ustuni o‘rnatildi.
Nurafshon yo‘nalishida 1 ta obyektda kabel uchun 15 metr tranzheya qazildi hamda 1 ta obyektda 10 ta anker blok o‘rnatildi.
🛣 Joriy ta’mirlash ishlari:
Bugun 2 220 kvadrat metr maydonda frezalash ishlari bajarildi. Jumladan, Olmazor tumanida 200 kvadrat metr, shuningdek Markaziy ko‘chalar boshqarmasi tasarrufidagi hududlarda 2 020 kvadrat metr frezalash amalga oshirildi.
Shuningdek, 8 720 kvadrat metr maydonda asfaltlash ishlari olib borildi. Jumladan, Mirobod tumanida 2 150 kvadrat metr, Yashnobod tumanida 1 926 kvadrat metr, Yunusobod tumanida 1 114 kvadrat metr, shuningdek Markaziy ko‘chalar boshqarmasi tasarrufidagi hududlarda 3 530 kvadrat metr asfalt yotqizildi.
🚧 Yo‘l chiziqlari va belgilari:
Sebzor ko‘chasida 1 200 metr, Mehr ko‘chasida 700 metr yo‘l yotiq chiziqlari chizildi. Jami 1 900 metr chiziq tungi soat 00:00 dan 06:00 gacha yangilandi.
Shuningdek, 87 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi.
🚏 Bekatlarni yangilash:
Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida 1 ta, Bobur ko‘chasida 1 ta, Bunyodkor ko‘chasida 4 ta va Sebzor ko‘chasida 1 ta bekat konstruksiyasi o‘rnatildi. Shuningdek, 2 ta perron qurildi.
Ayni paytda Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida 6 ta, Maxtumquli ko‘chasida 3 ta, Osiyo ko‘chasida 1 ta, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 2 ta, Istiqbol ko‘chasida 2 ta va KXAY ko‘chasida 1 ta — jami 15 ta bekatni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Mamlakatimizda foydalanilmayotgan yoki samarasiz ishlatilayotgan davlat mulklarini iqtisodiy muomalaga kiritish, xususiy...

🔺Poytaxtda tumanlarni rivojlantirishning iqtisodiy va moliyaviy rejalashtirish hamda natijadorlikka asoslangan boshqaru...

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan; (https://kengash.gov.uz/doc/256051)🔺 2030-yi...

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 23-martdan 7-ap...