- Toshkentdan gapiramiz
- 22.01.2026, 11:56
Bozor hududi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etiladi
Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari A.A.Urmanov, prokuror o‘rinbosari U.T.Mamarajabov, Mirzo ulug‘bek tuman hokimi B.Gaibnazarov va Mirzo Ulug‘bek tuman prokurori O.M.Mannanov tomonidan "Navro‘z" dehqon bozori va "Buz bozor" shoxobchasi faoliyati o‘rganildi.
Bozorlarni tubdan takomillashtirish, yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur bozorlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilib, savdo jarayonlarining ochiqligi va shaffofligi taminlanadi.
Shu bilan birga, bozor hududi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etiladi. Bozor hududida maxsus vaziyat markazi tashkil etilib, bozorning yagona “markazi” sifatida barcha iqtisodiy, moliyaviy va nazorat jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Loyihalashtirish jarayonida bozorning butun arxitekturasi va ichki dizayni chuqur tahlil qilinib, eng ilg‘or xalqaro standartlarga mos holda ishlab chiqildi. Ushbu yondashuv savdo subyektlarining qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Natijada soliq bazasi kengayib, mahalliy byudjet daromadlari sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Islohotlar, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Mazkur tashabbuslar davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro ishonchni oshirib, shahar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Vision Invest kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Omar Al Midani boshchili...

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimlgi ishchi guruhi tomonidan bundan bir necha kun avval o‘rganish o‘tkazilib...

M. Mirxamidov 1982-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. O‘zbekiston Milliy unive...
🏪Poytaxtimizning iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2025/2026-yi...