- Toshkentdan gapiramiz
- 03.04.2026, 11:30
⚖️ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH: HALOLLIK — HAR BIR XODIMNING MAJBURIYATI
💲 Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek tuman elektr ta’minoti korxonasida “Korrupsiya — kelajak kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Mazkur tadbirda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat bo‘limi rahbari O.O‘. Yaxshiyev hamda tuman elektr ta’minoti korxonasining mutaxassislari va ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.
💠Davra suhbati davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, shuningdek, ushbu illatning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.
🔴Shuningdek, tadbir jarayonida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi fikr-mulohazalari tinglanib, amaliy takliflari ko‘rib chiqildi.
➡️Yakunida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish maqsadida muntazam targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.

👉 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda Yakkasaroy tumani hududidagi KXYda joylashgan avtobus bekatida faoliyat yuritgan savdo d...

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦 “Aqlli” svetoforla...

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...