Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish: 2026-yil 30-mart yakunlari bo‘yicha hisobot

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:

🚦  “Aqlli” svetoforlar:

Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 23 ta svetofor o‘rnatilib, ishga tushirildi, 20 ta tayanch ustunlari montaj qilindi va kommunikatsiyalar uchun 100 metr asfalt yotqizildi. KHAYda 8 ta svetofordan iborat ob’ekt foydalanishga topshirildi, Maxtumquli ko‘chasida esa yangi konstruksiyalar uchun asos (2 ta anker) tayyorlandi.

🏗 Yo‘l qoplamasini yangilash — Asfaltlash (4 162 m²):

Markaziy ko‘chalar: Nurafshon (750 m²), Bunyodkor (1 600 m²) va KHAY (450 m²) — jami 2 800 m².

Olmazor tumani: Shifokor massivi — 792 m².

Yunusobod tumani: Anorzor 5-ko‘chasi (350 m²) va Hasanboy mahallasi (220 m²) — jami 570 m².

🚜 Frezalash (3 280 m²):

Markaziy ko‘chalar: Nurafshon (1 000 m²), Bunyodkor (920 m²) va KHAY (120 m²) — jami 2 040 m².

Olmazor tumani: Shifokor massivi (780 m²) va Qamarniso ko‘chasi (**310 m²) — jami 1 090 m².

Mirobod tumani: Avliyo ota ko‘chasi — 150 m².

🚶‍♂️ Piyodalar xavfsizligi:

Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 500 pogon metr yangi piyodalar yo‘lakchasi qurildi va yana 100 metri ta’mirlandi. Shuningdek, Farg‘ona yo‘li va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalaridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyi tartibga keltirildi.

📍 Yo‘l belgilari va chiziqlari:

88 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi. Eng ko‘p yangilanishlar Nukus (25), Maxtumquli (21) va Do‘rmon yo‘li (17) ko‘chalarida amalga oshirildi. Furqat ko‘chasida esa yo‘l harakatining yangi sxemasini chizish uchun 130 m² maydondagi eski chiziqlar o‘chirildi (demarkatsiya).

🚏 Bekatlardagi qulaylik:

Maxtumquli ko‘chasida 2 ta yangi bekat konstruksiyasi montaj qilindi. Hozirda butun shahar bo‘ylab jami 16 ta bekatda (jumladan, KHAY, Osiyo, Mirzo Ulug‘bek va Istiqlol ko‘chalarida) ishlar davom etmoqda.

✨ Estetika va yoritish:

Furqat, Bunyodkor va Maxtumquli ko‘chalarida 22 ta ko‘cha yoritish ustunlari yangilanib, bo‘yash ishlari bajarildi.

🚀 YHTEM — poytaxt yo‘llarida xavfsizlik va qulaylik xizmatida! 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari arafasida Toshkentda futbol anjomlari sotiladigan savdo nuqtalari ish boshladi.
22.06.2026, 10:19
Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy ter...

👕Bu yerda o‘zingiz, poytaxt mehmonlari uchun yoki shunchaki tarixiy futbol voqeasi haqida esdalik sifatida terma jamoam...

Toshkent shahar hokimligida Xitoyning "Shanghai LinkWise Data Tech" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19.06.2026, 17:33
Toshkent shahar hokimligida Xitoyning "Shanghai Li...

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Dusmuxamedov, ...

Bugun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-son umumta’lim maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
19.06.2026, 17:22
Bugun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-son umumta’lim...

Tadbirda Toshkent shahridagi texnikumlar ishtirok etib, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga kasbiy ta’lim muassasalari...

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Obid Muminov “Taka WS” (BAA), “SUEZ” (Fransiya) va “Itochu” (Yaponiya) kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
18.06.2026, 15:42
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doi...

📈Muloqot davomida Toshkent shahrida kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, oqova suv tizimlari quvvatini oshiri...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya