- Toshkentdan gapiramiz
- 19.06.2026, 17:33
Toshkent shahar hokimligida Xitoyning "Shanghai LinkWise Data Tech" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Dusmuxamedov, Toshkent shahar hokimining Xitoy masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eldor Xolmatov, hamda "Shanghai LinkWise Data Tech" kompaniyasi raisi Van Syuhuey, «LinkWise» MCHJ QK direktor o‘rinbosari Javohir Mahmudov ishtirok etdi.
Muloqot davomida Toshkent shahrida:
➡️ raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish;
➡️ sun’iy intellekt yechimlaridan samarali foydalanish;
➡️ ma’lumotlarni yagona raqamli muhitda jamlash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, saqlash;
➡️ data-markazlar va "bulut"li infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🏙 Shuningdek, uchrashuvda “Qulay shahar muhiti” va “Aqlli shahar” konsepsiyalari doirasida transport harakatini intellektual boshqarish, tirbandliklarni tahlil qilish va prognozlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, ekologik monitoring hamda kommunal xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan raqamli yechimlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📈Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va Toshkent shahrining raqamli rivojlanish yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tadbirda Toshkent shahridagi texnikumlar ishtirok etib, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga kasbiy ta’lim muassasalari...

📈Muloqot davomida Toshkent shahrida kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, oqova suv tizimlari quvvatini oshiri...

Poytaxt hokimiyati huzuridagi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi transport infratuzilmasini raqamlashtirish hamda sha...

📈Boston Consulting Group tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatori...