Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent navigatsiya tizimlarida svetofor taymerlari aks ettirilmoqda

Poytaxt hokimiyati huzuridagi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi transport infratuzilmasini raqamlashtirish hamda shahardagi harakatni yanada tushunarli, oldindan baholash mumkin bo‘lgan va xavfsiz qilishga qaratilgan yechimlarni joriy etish ishlarini davom ettirmoqda.

Ana shunday yechimlardan biri — navigatsiya servislarida svetofor ishoralari almashish taymerlarini ko‘rsatish funksiyasidir. Ushbu funksiya hozirda poytaxtdagi 300 dan ortiq svetofor obyektlarida mavjud.

Endilikda haydovchilar navigator orqali nafaqat svetoforning joriy signalini, balki uning almashishigacha qolgan vaqtni ham ko‘rishlari mumkin. Bu, ayniqsa, svetoforlarning o‘zida teskari hisob taqvimlari hali o‘rnatilmagan chorrahalarda muhim ahamiyatga ega.

Loyiha Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan Toshkent shahar Transport boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Svetofor fazalari haqidagi ma’lumotlarning integratsiya qilinishi haydovchilarga chorrahadagi vaziyatni oldindan baholash, stop-chiziq oldidagi harakatni aniqroq rejalashtirish va transport oqimida xotirjamroq harakatlanish imkonini beradi. Bu poytaxt aholisi, shahar mehmonlari, haydovchilar va navigatorlardan muntazam foydalanadigan barcha uchun qulaylik yaratadi.

📱Avval bunday ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun alohida ilovalar yaratilgan bo‘lsa, haydovchilar uchun eng qulay format — ma’lumotning bevosita ular odatlangan navigatorning o‘zida paydo bo‘lishidir.

📊 Yandex tadqiqoti ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchilarning 88 foizi navigatsiyada svetofor signallari ko‘rsatilishidan faol foydalanadi. Ishtrtkchilarning 63 foizigacha bunday ma’lumot harakatni oldindan baholashni osonlashtirishini, 48 foizigacha rul boshida o‘zini xavfsizroq his qilishga yordam berishini, 51 foizigacha esa safarlar yanada xotirjam o‘tishini qayd etgan.

⏱️Bundan tashqari, svetofor fazalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish yetib borish vaqtini aniqroq hisoblash imkonini beradi. Yo‘nalish tuzilganda nafaqat svetoforda o‘rtacha kutish vaqti, balki joriy yo‘l holati ham inobatga olinadi.

Birinchi bosqichda svetofor taymerlari Yandex Maps va Navigator servislarida, jumladan Apple CarPlay hamda Android Auto versiyalarida aks ettirilmoqda. Kelgusida qamrovni kengaytirish va qo‘shimcha svetofor obyektlarini tizimga ulash rejalashtirilgan. 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
🖼 Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida
16.06.2026, 17:01
🖼 Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shahar...

📈Boston Consulting Group tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatori...

200 million dollarlik investitsiya loyihasi muhokama qilindi
16.06.2026, 10:12
200 million dollarlik investitsiya loyihasi muhoka...

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Bektemir tumani hokimi N. Abdurahmanov Malayziyaning “Spora Global Sdn ...

Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.
15.06.2026, 11:45
Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshiris...

➡️Birinchi bosqichda aholini, tashabbuskor guruhlarni va loyiha tarafdorlarini uning tafsilotlari, amalga oshirish tarti...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi
12.06.2026, 16:43
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsi...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya