- Toshkentdan gapiramiz
- 15.01.2026, 12:21
RASMIY MUNOSABAT
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim ommaviy axborot vositalarida Yashnobod tumani aholisi Arsen Avanesyan go‘yoki hududni obodonlashtirgani va daraxt ekkani uchun jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu xabarlar voqeaning asl mohiyatini noto‘g‘ri aks ettirgani sababli, yana bir bor
rasmiy tushuntirish beramiz:
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Arsen Avanesyan "Yashil makon" tashabbusi
niqobi ostida temir yo‘lga tutash qo‘riqlanadigan hududdan 360 kv.m yer
maydonini noqonuniy egallab olgan. Hudud metall panjaralar bilan o‘ralib,
yengil konstruksiyalar o‘rnatilgan va maydon tadbirkorlik faoliyati uchun
foydalanishga kirishilgan.
Ta’kidlash joizki, temir yo‘lga tutash qo‘riqlanadigan hududlarda har qanday qurilish
ishlari va tijorat faoliyati qat’iyan man etiladi. Boshqa hollarda esa
ro‘yxatdan o‘tkazish va vakolatli organlarning ruxsati talab etiladi.
Ushbu holat yuzasidan sud qarori chiqarilib, Arsen Avanesyanga belgilangan tartibda jarima
solindi, shuningdek, unga noqonuniy o‘rnatilgan metall to‘siqlar va yengil
konstruksiyalarni demontaj qilish majburiyati yuklandi.
Shu bilan birga, hudud to‘siq va konstruksiyalardan tozalangandan so‘ng barcha ekilgan
daraxtlar va amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari saqlab qolinishi,
daraxtlar kesilmasligi alohida ta’kidlandi.
Toshkent shahar hokimligi fuqarolarning yashil dam olish hududlarini yaratish bo‘yicha
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va bunday tashabbuslarga ko‘maklashadi.
Esda tuting!
Bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish faqat "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlari olib borish jiddiy huquqiy va moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Hurmatli poytaxt aholisi, batafsil ma’lumot olish, shuningdek, taklif va murojaatlarni
yuborish uchun ushbu e’lon ostida joylashtirilgan rasmiy aloqa kanallari
havolalaridan foydalanishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil oxirida «Toshkent shahri joy nomlarining izohli lugʻati» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, u...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiri...

Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz be...

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosariXaydarov Baxtiyor Xalimovichninghokimlik jamoalarigaM U R O J A A T I&nbs...