- Toshkentdan gapiramiz
- 05.01.2026, 11:31
Hurmatli fuqarolar!
Yangihayot
tumanidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni
qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yangihayot tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.
Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4¹-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.
Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 5-yanvar kunidan
19- yanvar
kuniga qadar qatnashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil oxirida «Toshkent shahri joy nomlarining izohli lugʻati» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, u...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiri...

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosariXaydarov Baxtiyor Xalimovichninghokimlik jamoalarigaM U R O J A A T I&nbs...

Toshkent shahar hokimligi rahbarligi va homiyligida poytaxtimiz hududidagi tarixiy va zamonaviy joy nomlarini ilmiy aso...