- Toshkentdan gapiramiz
- 30.12.2025, 11:56
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Xaydarov Baxtiyor Xalimovichning hokimlik jamoalariga murojaati
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari
Xaydarov Baxtiyor Xalimovichning
hokimlik jamoalariga
M U R O J A A T I
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Shu bois, unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid.
Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa – islohotlarimizga xiyonatdir. Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz” - deb ta’kidlab o‘tdilar.
Korrupsiya va poraxo‘rlik jamiyat barqarorligining muhim asosi bo‘lgan adolatning yo‘qolishiga olib keladi. Mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod bo‘lishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish illatidan xalos bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi kerakdir.
Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyiliga amal qilgan holda hokimlikning barcha xodimlariga bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki vositachilar orqali har qanday korrupsiyaviy harakatlarda ishtirok etish, o‘z mansab va xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish, shuningdek xizmat mavqei va vakolatlarini suiiste’mol qilish maqsadida har qanday shaxslardan noqonuniy foyda talab qilish qat’iyan man etiladi.
Hokimlik xodimlari odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, shuningdek hokimlikning obro‘siga, qadr-qimmatiga, nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va putur yetkazishi yoki uning qonuniyligiga, xolisligiga, hisobdorligiga, ochiqligiga va shaffofligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishga majburdirlar.
Shuningdek, xodimlar hokimlik manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatlar to‘g‘risida hamda har qanday korrupsiyaviy holatlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limini xabardor qilishi lozim.
Sodir etilgan har qanday korrupsiyaviy jinoyat sirligicha qolmaydi, albatta oshkor bo‘ladi. Shuning uchun men sizlarni ogohlantirib o‘tmoqchiman, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrardir, buni har bir davlat fuqarolik xizmatchisi vujudi bilan his qilishi zarur.
Hokimlik xodimlari xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, yuragi va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lishi, fuqarolar va hamkasblarini hurmat qilishi, qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Kelinglar, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib boraylik!

👉 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda Yakkasaroy tumani hududidagi KXYda joylashgan avtobus bekatida faoliyat yuritgan savdo d...

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦 “Aqlli” svetoforla...

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...