Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keng ko‘lamli tadbirlar davom etmoqda

Poytaxtda havo ifloslanishini kamaytirish, changlanishni pasaytirish va aholi salomatligini himoya qilish maqsadida kompleks chora-tadbirlar kunu-tun davom etmoqda. 

2025-yil 25-noyabr kuni quyidagi ishlar bajarildi:

— shahar hududidagi 58 ta favvora ishga tushirildi;

— 71 ta maxsus suv sepish texnikasi jalb etildi;

— 177 ta  ko‘chalardagi (444 km), shu jumladan, yo‘l yoqalaridagi daraxt va butalar yuvildi;

— 890 ta qurilish obyektida ishlar to‘xtatildi;

— 241 ta qurilish obyektida maxsus 48 ta texnika yordamida suv purkash va changni bostirish ishlari olib borildi;

— 11 ta hududdagi ko‘cha va xiyobonlar atrofidagi sun’iy sug‘orish tarmoqlari ishga tushirildi;

— poytaxt hududidan o'tgan kanal va ariqlar atrofida joylashgan 5 ta favvora ishga tushirildi;

— 108 ta maktab, 81 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sug'orish tizimlari ishga tushirildi;

— 19 ta bozor va yirik savdo komplekslari atrofidagi 2 ta favvora va 1 ta suv saqlash hovuzi ishga tushirildi;

— 37 ta suv sepish texnikasi yordamida bozorlar hududlari, ulardagi 2 000 ta mevali va manzarali daraxt, 45 000 m² tom va boshqa konstruksiyalar yuvildi, shuningdek, 17 000 metr irrigatsiya tarmoqlari (ariqlar) tozalandi.

 Tijorat banklari tomonidan 72 ta filial va 337 ta bank xizmatlari markazlarining oldidagi favvoralar va sug‘orish tizimlari to‘liq ishga tushirilib, ularning atroflaridagi daraxtlar suv bilan yuvilib, changdan tozalandi.

Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 11 594 ta ko‘p kvartirali uylarning 43 420 ta kirish yo‘lagidan 3 364 tasi, shuningdek, 150 000 m² hudud tozalandi. Uylar atrofiga tutash hududlardagi 136 478 ta daraxtdan 20 727 tasi yuvilib, 15 916 tasi sug‘orildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi
25.06.2026, 10:47
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar
24.06.2026, 17:32
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...

Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydalanishdagi joylar, uyga tutash hudud, muhandislik tarmoqlari hamda umumiy mol-mulkdan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
23.06.2026, 10:38
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydal...

Umumiy joylarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, o‘zboshimchalik bilan qurilish yoki o‘zgartirish ishlarini amalg...

Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoqda: “A” yo‘laklariga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
22.06.2026, 15:27
Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoq...

Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etm...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya