- Toshkentdan gapiramiz
- 10.11.2025, 10:37
🅰Ekologik reydlar: Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tekshiruvlar o‘tkazmoqda
📍Ma’lumki, sovuq
tushishi bilan Toshkentda havo sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Bu
asosan Toshkent shahri va poytaxtga bevosita yaqin joylashgan Toshkent viloyati
hududidagi issiqxona xo‘jaliklari faoliyati tufayli yuz beradi.
🛡Shu munosabat bilan
Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari Sh. To‘xtaboyev rahbarligidagi ishchi
guruh ekologiya xizmati, hokimlik, sanitariya xizmati va FVV vakillari
ishtirokida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, jumladan Zangiota tumanida
ekologik reydlar o‘tkazib, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini tekshirmoqda.
🇺🇿Ta’kidlash joizki,
o‘tgan yili ham Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan shunday tadbirlar
o‘tkazilib, poytaxt hududida joylashgan bir qator issiqxona xo‘jaliklarining
noqonuniy faoliyati to‘xtatilgan edi.
💭Reydlar atmosfera
havosini ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash, ekologik va sanitariya
me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash, qoidabuzarlarga nisbatan choralar
ko‘rish, shuningdek, bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda
poytaxt va Toshkent viloyatida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan.

🗓️ 27–28-iyun kunlari Toshkent shahrida Summer Fest 2026 yozgi festivali o‘tkaziladi.📍Tadbir Shayxontohur tumanidagi B...

Mirzo Ulug‘bek tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan...

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...