- Toshkentdan gapiramiz
- 23.10.2025, 10:41
Avtotransport vositalarida reklama joylashtirish — faqat ruxsatnoma asosida!
🪧O'zbekiston Respublikasi hududida reklama joylashtirish va tarqatish O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorlari bilan tartibga solinadi.
🔵Mazkur huquq me'yorlariga ko'ra, avtomobilga reklama o‘rnatish uchun ruxsatnoma (reklama joyining pasporti) olish majburiydir.
🖥 Bugungi kunda ushbu xizmatdan qulay tarzda my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ravishda foydalanish mumkin.
🖥 Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirgan holda "Avtotransport vositasi uchun reklama joyi pasportini rasmiylashtirish" bo‘limini tanlang va so‘ralgan ma’lumotlarni kiriting. Ariza 5 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
❕ Muhim eslatma:
Reklama mazmuni “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mos bo‘lishi, yo‘l harakati xavfsizligiga to‘sqinlik qilmasligi hamda davlat tilida taqdim etilishi lozim.
📝 Reklama joyi pasporti tegishli tashkilotlarning ijobiy xulosasi olingach, yillik yig‘im to‘lanishi orqali rasmiylashtiriladi.
❗️Esda tuting! Ruxsatnomasiz reklama joylashtirish qonun buzilishi hisoblanadi va amaldagi qonun hujjatlariga ko'ra malakalanadi.

Poytaxt hokimiyati huzuridagi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi transport infratuzilmasini raqamlashtirish hamda sha...

📈Boston Consulting Group tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatori...

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Bektemir tumani hokimi N. Abdurahmanov Malayziyaning “Spora Global Sdn ...
➡️Birinchi bosqichda aholini, tashabbuskor guruhlarni va loyiha tarafdorlarini uning tafsilotlari, amalga oshirish tarti...