Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

200 million dollarlik investitsiya loyihasi muhokama qilindi

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Bektemir tumani hokimi N. Abdurahmanov Malayziyaning “Spora Global Sdn Bhd” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📄 Muzokaralar davomida Bektemir tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining ikkinchi 5 kilometrlik qismida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Loyihaning dastlabki qiymati 200 million AQSH dollarini tashkil etishi rejalashtirilgan.

☑️ Uchrashuvda loyiha konsepsiyasi, investitsion imkoniyatlar, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy shaharsozlik yechimlari va rekreatsion hududlarni barpo etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🔘 Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha Bektemir tumanining investitsion jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish hamda Chirchiq daryosi bo‘yidagi hududlardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

📄Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Kelgusida mazkur loyiha yuzasidan investitsion shartnoma imzolanishi kutilmoqda.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
Teglar:
O‘xshash yangiliklar
🖼 Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida
16.06.2026, 17:01
🖼 Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shahar...

📈Boston Consulting Group tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatori...

Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.
15.06.2026, 11:45
Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshiris...

➡️Birinchi bosqichda aholini, tashabbuskor guruhlarni va loyiha tarafdorlarini uning tafsilotlari, amalga oshirish tarti...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi
12.06.2026, 16:43
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsi...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

Yoshlar kuni festivali boshlandi!
12.06.2026, 09:57
Yoshlar kuni festivali boshlandi!

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya