Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi

 

Davlat fuqarolik xizmatchilari

uchun eslatma

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda davlat xizmatining nufuzini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Zero, manfaatlar to‘qnashuvi o‘z vaqtida aniqlanmasa va samarali boshqarilmasa, davlat xizmatchilarining xolis qaror qabul qilishiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi, korrupsiyaviy xavflarni kuchaytirishi hamda davlat organlari faoliyatiga nisbatan jamoatchilik ishonchining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi

Manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsning  shaxsiy manfaatdorligi uning lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoki taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, shuningdek shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoxud yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.

Mazkur tushuncha O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyunda qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-sonli Qonunida mustahkamlab qo‘yilgan.

Manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi har doim ham huquqbuzarlik sodir etilganligini anglatmaydi. Biroq bunday holatlarni yashirish yoki o‘z vaqtida bartaraf etmaslik korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga zamin yaratadi.

Shaxsiy manfaatdorlik nima?

Manfaatlar to‘qnashuvining asosida shaxsiy manfaatdorlik yotadi. Shaxsiy manfaatdorlik – shaxsning o‘z xizmat yoki kasbiy vazifalarini bajarish jarayonida qabul qilayotgan qarorlari va harakatlariga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, o‘zi yoki yaqinlari uchun muayyan naf olishga qaratilgan manfaatidir.

Qonunchilikka muvofiq shaxsiy manfaatdorlik moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.

Moddiy manfaatdorlikka pul mablag‘lari, qimmatliklar, ko‘chmas mulk, kreditlar, imtiyozlar va boshqa iqtisodiy afzalliklarni olish kiradi.

Nomoddiy manfaatdorlik esa xizmat lavozimi bo‘yicha o‘sish, qarindoshlar yoki yaqin shaxslar manfaatlarini ilgari surish, muayyan maqom yoki nufuzga ega bo‘lish, homiylik va boshqa afzalliklarga erishishda namoyon bo‘ladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi qaysi holatlarda yuzaga keladi?

Amaliyotda manfaatlar to‘qnashuvi turli vaziyatlarda kelib chiqishi mumkin. Xususan:

- kadrlar bilan ishlash jarayonida xizmatchining o‘z qarindoshi yoki yaqin tanishini ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash yoki rag‘batlantirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishida;

- davlat xaridlari va tenderlarda ishtirok etuvchi tashkilotlar bilan shaxsiy aloqadorlik mavjud bo‘lganda;

- nazorat va tekshiruv tadbirlarida tekshirilayotgan tashkilot rahbarlari yoki taʼsischilari bilan qarindoshlik yoki boshqa manfaatdorlik munosabatlari bo‘lganda;

- litsenziya, ruxsatnoma yoki boshqa maʼmuriy qarorlarni qabul qilish jarayonida shaxsiy manfaatdorlik mavjud bo‘lgan shaxslar yoki tashkilotlarga nisbatan qaror chiqarilganda.

Bunday holatlarda xizmat vazifalarini xolis bajarishga shubha tug‘ilishi mumkin bo‘lgani uchun tegishli cheklov va tartib-taomillarga qatʼiy rioya etilishi talab qilinadi.

Manfaatlar to‘qnashuvining salbiy oqibatlari

Manfaatlar to‘qnashuvi davlat boshqaruvi samaradorligiga jiddiy salbiy taʼsir ko‘rsatadi. U davlat xizmati prinsiplarining buzilishiga, qaror qabul qilishda xolislik va adolat tamoyillarining izdan chiqishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi korrupsiyaviy xavflarni kuchaytiradi, byudjet mablag‘larining samarasiz sarflanishiga olib keladi, davlat organlarining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadi hamda aholining davlat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi.

Shu bois manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni samarali boshqarish korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim mexanizmlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.

Davlat xizmatchisining majburiyatlari

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda davlat xizmatchisining shaxsiy masʼuliyati muhim ahamiyatga ega.

Har bir davlat fuqarolik xizmatchisi:

- manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlashi;

- bunday holat haqida o‘zining bevosita rahbarini yoki tegishli komplayens xizmatini zudlik bilan xabardor qilishi;

- manfaatdorligi mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etmasligi;

- xizmat vakolatlaridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;

- halollik, xolislik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilishi lozim.

Manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda qanday yo‘l tutish kerak?

Agar davlat xizmatchisi muayyan qaror yoki harakatga nisbatan shaxsiy manfaatdorligi mavjudligini anglasa, u bu haqda darhol yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilishi shart.

Shu bilan birga, u mazkur masalani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonidan o‘zini chetlatishi, rahbariyat tomonidan belgilangan cheklovlar va choralarga rioya qilishi hamda tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirishi lozim.

Manfaatlar to‘qnashuvi haqida o‘z vaqtida xabar berish davlat xizmatchisini ehtimoliy huquqiy va intizomiy oqibatlardan himoya qilishga ham xizmat qiladi.

Manfaatlar to‘qnashuvini yashirish korrupsiyaviy xavflarni oshiradi, uni o‘z vaqtida maʼlum qilish va bartaraf etish esa davlat xizmatida halollik muhitini shakllantiradi, korrupsiyaning oldini oladi hamda davlat organlariga nisbatan jamoatchilik ishonchini mustahkamlaydi.

Davlat xizmati, eng avvalo, jamoatchilik ishonchiga asoslanadi. Shu sababli har bir davlat fuqarolik xizmatchisi o‘z faoliyatida davlat va jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yishi, halollik va masʼuliyat tamoyillariga sodiq qolishi zarur.

Manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash, o‘z vaqtida maʼlum qilish va samarali boshqarish korrupsiyaning oldini olishning eng taʼsirchan va samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Davlat manfaati ustuvor bo‘lgan joyda adolat, shaffoflik va taraqqiyot taʼminlanadi.

 

Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Sh.Turdikulov

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Yoshlar kuni festivali boshlandi!
12.06.2026, 09:57
Yoshlar kuni festivali boshlandi!

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...

🚗 Sergeli avtomobil bozori: YHTEM Yangi Sergeli ko‘chasidagi yuklamani kamaytirmoqda
11.06.2026, 16:01
🚗 Sergeli avtomobil bozori: YHTEM Yangi Sergeli k...

Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.Bozor sig‘imi jami ...

Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi
10.06.2026, 09:29
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun d...

Toshkent shahar hokimligida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ hu...

Shayxontohur tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etilmoqda🇺🇿
09.06.2026, 11:10
Shayxontohur tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkor...

📌Tanlov doirasida yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini osh...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya