- Toshkentdan gapiramiz
- 20.10.2025, 09:35
Bektemir tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
➡️ Bektemir tumani hokimligida tuman hokimi N.Abduraxmanov boshchiligida fuqarolar uchun navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi. Jarayonda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mutasaddi muassasalar vakillari ishtirok etib, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqishdi.
➡️ Fuqarolar asosan ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, uy-joy va kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, ijtimoiy himoya hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid masalalar bo‘yicha murojaat qildilar. Har bir masala bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, ayrim murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi, qolganlari nazoratga olindi.
➡️ Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini eshitish, ularni tezkor hal etish hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✊ Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

💲 Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosa...

👉 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda Yakkasaroy tumani hududidagi KXYda joylashgan avtobus bekatida faoliyat yuritgan savdo d...

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦 “Aqlli” svetoforla...

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...