Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Dushanbe ishchi guruhi bilan uchrashuv

28 fevral kuni poytaxt hokimligining Vaziyatlar markazida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamentining rahbari Sardor Abdullaev Dushanbe shahar davlat hokimiyati ijroiya organi huzuridagi “Smart city – Aqlli shahar” DUKning texnik direktori Bahrom Mansurov boshchiligidagi ishchi guruh bilan uchrashdi.

Mehmonlarni qarshi olgan Sardor Abdullaev konstruktiv muloqotga tayyorligini bildirib, “Raqamli Toshkent” loyihasi va uning tarkibiy qismlari — geoportal, tahlil va boshqaruv, “Xalq nazorati” tizimlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan “aholi qulaylik indeksi”ning faol ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi.

Bahrom Mansurov iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, mezbonlarni «Dushanbexadamotnakliyot» davlat muassasasi, “Smart city” DUK, «Sarfaroz» va «Vatan IKT» kompaniyalarining rahbar xodimlaridan iborat ishchi guruh bilan tanishtirdi.

Mehmonlar hozirgi kunda Tojikiston poytaxtida zamonaviy Data va vaziyatlar markazlarini qurish ishlari, jamoat transporti sohasida yo‘lovchilar oqimi va yoqilg‘i sarfini nazorat qilish hamda shaharda qatnaydigan avtobus va trolleybuslar marshrutini GPS-kuzatish imkoniyatini o‘z ichiga olgan modernizasiya ishlari jadal ketayotganini so‘zlab berdi. Dushanbedagi 50-maktabda bizdagi Kundalik tizimi singari E-Donish tizimi sinov tariqasida ishga tushgani, u bosqichma-bosqich shaharning barcha maktablarida joriy etilishini ma'lum qildi.

Tojikistonlik vakillar faol tajriba almashinuviga, “Raqamli Toshkent” va Kundalik tizimlarini joriy qilish jarayonini, ehtimolli qiyinchiliklar va kamchiliklarni batafsil o‘rganishga qiziqish bildirdilar. Mehmonlar 2021 yilning iyun' oyida delegasiya tashrifi chog‘ida qurilish jarayonida bo‘lgan, hozir esa ishga tushgan Vaziyatlar markazining ishi bilan batafsil tanishtirilib, uning imkoniyatlari haqida ma'lumotga ega bo‘ldilar. Ular e'tiboriga Toshkentning raqamli xaritasi mahallalar, iqtisodiy hududlar va hokazolar kesimida namoyish etildi.

Hokimlikning Raqamli rivojlanish departamenti vakillari mehmonlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, barcha jabhalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
⚖️ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH: HALOLLIK — HAR BIR XODIMNING MAJBURIYATI
03.04.2026, 11:30
⚖️ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH: HALOLLIK — HAR BIR ...

💲 Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosa...

Rasmiy munosabat
02.04.2026, 11:35
Rasmiy munosabat

👉 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda Yakkasaroy tumani hududidagi KXYda joylashgan avtobus bekatida faoliyat yuritgan savdo d...

Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish: 2026-yil 30-mart yakunlari bo‘yicha hisobot
31.03.2026, 11:52
Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qili...

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦  “Aqlli” svetoforla...

♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun
30.03.2026, 16:09
♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya