- Toshkentdan gapiramiz
- 08.10.2026, 10:07
Yana bir “Yashil to‘lqin” yo‘lagi endi Farg‘ona yo‘li ko'chasida
Farg‘ona yo‘li ko'chasida “Yashil to‘lqin” tizimini sozlash zarurligi haqida aholi bizga izohlar va murojaatlarda bir necha bor yozgan edi.
Amalga oshirdik.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari 6 kilometrlik uchastkadagi 13 ta svetofor obyektini — Qo‘yliq ko‘prigidan keyin, “Qo‘yliq ota” maqbarasidan UzBUMgacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘zaro muvofiqlashtirdi. Tizim sutka davomida ishlaydi.
O‘tkazilgan o‘lchovlar natijani ko‘rsatmoqda: avval tig‘iz bo‘lmagan vaqtda ushbu yo'lni bosib o‘tish taxminan 12–13 daqiqa vaqt olgan bo‘lsa, hozir bu yo‘lni qariyb 9 daqiqada bosib o‘tish mumkin.
📉 Yo‘lga sarflanadigan vaqt taxminan 25 foizga qisqardi.
Muhim jihat: “Yashil to‘lqin” barcha chorrahalarda svetofor doimiy ravishda yashil yonib turishini anglatmaydi. Svetoforlar shunday muvofiqlashtiriladiki, haydovchi belgilangan tezlikda harakatlanganda imkon qadar ko‘proq chorrahada yashil chiroqqa to‘g‘ri keladi.
Ya’ni, “Yashil to‘lqin”ning vazifasi qizil chiroqda to‘xtashlarni butunlay yo‘q qilish emas, balki ular sonini kamaytirish, harakatni yanada bir maromda tashkil etish va yo‘lga sarflanadigan vaqtni qisqartirishdir.
Farg‘ona yo‘li ko'chasi — Toshkentning asosiy kirish transport yo‘laklaridan biri. Qo‘yliq yo‘nalishi orqali shaharga
Toshkentning o‘zidan ham, Toshkent viloyatidan ham
katta avtomobillar oqimi kirib keladi, shundan so‘ng transport oqimi poytaxtning markaziy qismi tomon taqsimlanadi.
Shu sababli ushbu
6 kilometrlik uchastkada hatto bir necha daqiqaning tejalishi
nafaqat alohida haydovchi uchun, balki butun transport oqimining yanada bir maromda harakatlanishi uchun ham muhim.
Ishlar davom etmoqda: mutaxassislar kun davomida transport harakatini kuzatib boradi va zarurat tug‘ilganda svetoforlarning ish rejimlarini qo‘shimcha ravishda moslashtiradi.
🚘 6 km. 13 ta svetofor. 12–13 daqiqa o‘rniga — taxminan 9 daqiqa.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh talabalar yotoqx...

Toshkent shahar prokurori Anvar Urmanov hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida tadbirkorlarning mua...
Toshkent shahrida kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlar...

🖥 Toshkent shahrida raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, yo...