- Toshkentdan gapiramiz
- 07.10.2026, 10:09
"Cyberkent 4.0”: yoshlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy maydon
🖥 Toshkent shahrida raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning zamonaviy raqamli ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ushbu ishlarning davomi sifatida Toshkent shahar hokimligi va Kiberxavfsizlik markazi hamkorligida kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi “Cyberkent 4.0” musobaqasi tashkil etildi.
▫️Bellashuv davomida faol va iqtidorli yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy sinovdan o‘tkazdi, murakkab vaziyatlarda tezkor yechim topish, jamoada ishlash hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy tajribasini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.
🏆Musobaqada Toshkent shahar klubi ham faol qatnashib, munosib natijalarni qayd etdi va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
✔️Bunday tashabbuslar yoshlarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va salohiyatini rivojlantirish, istiqbolli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalarga qiziqishni oshirish hamda kelajak uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Toshkent shahar prokurori Anvar Urmanov hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida tadbirkorlarning mua...
Toshkent shahrida kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlar...

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shaxnoza Sultanova tomonidan poytaxt aholisi uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazild...

Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari...