- Toshkentdan gapiramiz
- 28.09.2026, 10:02
Toshkentda Qozog‘iston delegatsiyasi bilan aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Raximova Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vitse-vaziri Baurjan Omarbekov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
📈Uchrashuv davomida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
↗️Xususan, mahalla darajasida aholi muammolarini hal etish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha tajriba almashildi.
▫️Qozog‘iston delegatsiyasi vakillariga Toshkentda mahalla tizimi orqali aholi bilan manzilli ishlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va kichik biznesni rivojlantirish borasidagi yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.
✔️Muloqot yakunida tomonlar aholi farovonligini oshirish, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida tajriba almashishni davom ettirishga qiziqish bildirdilar.

Murojaatlarning aksariyati tashqi reklama joylari pasportlarini rasmiylashtirish hamda ishga joylashish masalalariga taa...

AQShning Vashington shtati Sietl shahridagi Toshkent bog‘ida vatandoshlarimiz va amerikalik do‘stlar bir yoqadan bosh ch...

22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “ICTWEEK Uzbekistan – 2026” xalqaro haftaligi doirasida poytaxtda ...

Toshkent shahar hokimligi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, do...