Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Hashar — o‘zbekni AQShda ham birlashtiradigan qadriyat

AQShning Vashington shtati Sietl shahridagi Toshkent bog‘ida vatandoshlarimiz va amerikalik do‘stlar bir yoqadan bosh chiqarib, hashar o‘tkazdilar.

Ushbu ezgu ish O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Vatandoshlarimiz va amerikalik do'stlar tomonidan bog‘ tozaligiga e’tibor qaratilib, atrof yanada fayzli holga keltirildi.

Eng muhimi, bu kun faqat mehnat bilan emas, samimiy suhbatlar, yangi tanishuvlar va iliq uchrashuvlar bilan ham esda qoldi. Sietlda o‘tgan bu uchrashuv hamjihatlik va e’tiborning amaliy ko‘rinishiga aylandi.

Mehnatdan so‘ng esa barcha milliy taomimiz — osh atrofida jam bo‘ldi.

Toshkent nomini olis Sietlda ham ozodalik, mehr, do‘stlik va o‘zbekona hamjihatlik bilan bog‘lab turgan bunday tashabbuslar alohida qadrlidir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari Alisher Dusmuhamedov boshchiligida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
28.09.2026, 18:04
Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalari...

Murojaatlarning aksariyati tashqi reklama joylari pasportlarini rasmiylashtirish hamda ishga joylashish masalalariga taa...

Toshkentda Qozog‘iston delegatsiyasi bilan aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
28.09.2026, 10:02
Toshkentda Qozog‘iston delegatsiyasi bilan aholi b...

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Raximova Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vitse-vaziri Baurjan...

ICTWEEK Uzbekistan – 2026: Toshkent raqamli boshqaruv bo‘yicha yangi hamkorliklarni kengaytirmoqda
28.09.2026, 09:40
ICTWEEK Uzbekistan – 2026: Toshkent raqamli boshqa...

22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “ICTWEEK Uzbekistan – 2026” xalqaro haftaligi doirasida poytaxtda ...

MILLATLARARO VA KONFESSIYALARARO TOTUVLIK — TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
25.09.2026, 17:38
MILLATLARARO VA KONFESSIYALARARO TOTUVLIK — TARAQQ...

Toshkent shahar hokimligi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, do...