Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yoshlar bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim

▫️Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi “Kitob olami” majmuasida yoshlar va yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

 Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shaxzod Nabiyev, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bobur Mirzayev, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

💬Ochiq muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim krediti olish hamda boshqa dolzarb masalalarga oid murojaat va takliflari tinglandi.

🟢Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi. Ayrim masalalar esa muloqot davomida joyida hal etildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarni o‘ylantirayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda ta’lim sifatini tahlil qilish raqamli tizimi ishga tushirildi
18.09.2026, 09:58
Toshkentda ta’lim sifatini tahlil qilish raqamli t...

Toshkentda ta’lim sifatini tahlil qilish raqamli tizimi ishga tushirildiToshkent shahar hokimligining Vaziyatlar markazi...

✔️Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
17.09.2026, 16:50
✔️Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...

Yangihayotda oilaviy masalalarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi
17.09.2026, 15:33
Yangihayotda oilaviy masalalarga bag‘ishlangan anj...

👍 Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida “Jamiyatda saqlanib qolayotgan oilaviy stereotiplarni bartaraf e...

15-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
17.09.2026, 10:34
15-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...