- Toshkentdan gapiramiz
- 18.09.2026, 09:58
Toshkentda ta’lim sifatini tahlil qilish raqamli tizimi ishga tushirildi
Toshkentda ta’lim sifatini tahlil qilish raqamli tizimi ishga tushirildi
Toshkent shahar hokimligining Vaziyatlar markazida Sergeli tumanidagi maktablarda ishga tushirilgan "SI Davomat" tizimi taqdimoti o‘tkazildi. U ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini muntazam tahlil qilish va o‘quvchilar davomatini nazorat qilishga qaratilgan.
Bu maktab jarayonlarini raqamlashtirishning birinchi bosqichi bo‘lib, u ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish hamda maktab, o‘qituvchilar va ota-onalar e’tiborini talab qiladigan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.
Tizim darslarning tashkil etilishi, o‘quvchilarning faolligi va o‘qitish usullarini fanlar, sinflar va o‘qituvchilar kesimida muntazam tahlil qilib boradi. Olingan ko‘rsatkichlar o‘qituvchilarni uslubiy qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish sifatini baholash va KPI tizimini yanada takomillashtirish uchun asos bo‘ladi.
Smart-kameralar va Face ID texnologiyasi o‘quvchilarning maktabga kelishi va darslarda qatnashishini avtomatik ravishda qayd etish imkonini beradi. Ma’lumotlar takroriy dars qoldirishlarni, jumladan, o‘quvchining ayrim fanlar bo‘yicha darslarga kelmasligini aniqlashga yordam beradi. Bu mutaxassislarga sabablarni chuqurroq o‘rganish, oila va maktab bilan hamkorlik qilish va bolaga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
O‘quvchi sababsiz dars qoldirsa, ota-onasiga SMS-xabarnoma yuboriladi. Bu haqdagi ma’lumot maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi va mahalla vakillariga ham avtomatik yetkaziladi. "ERP Maktab" va Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimlari bilan integratsiyalashuv tufayli kasallik sababli dars qoldirilgani avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Hozirda "SI Davomat" Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda ishlamoqda, u yerda 446 ta smart-kamera o‘rnatilgan. Aprobatsiya natijalari tizimni Toshkent shahridagi boshqa maktablarda bosqichma-bosqich joriy etish uchun asos bo‘ladi.
Bu poytaxt ta’limini raqamlashtirish bo‘yicha izchil ishlarning boshlanishi, xolos. Oldinda o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ota-onalarga qulaylik yaratish va har bir o‘quvchining sifatli ta’lim olishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan yangi yechimlar kutmoqda.
Bolalar — bizning kelajagimiz, ularning ta’limi haqidagi g‘amxo‘rlik esa uzluksiz davom etmoqda.

▫️Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi “Kitob olami” majmuasida yoshlar va yoshlar yet...

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...

👍 Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida “Jamiyatda saqlanib qolayotgan oilaviy stereotiplarni bartaraf e...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...