- Toshkentdan gapiramiz
- 17.09.2026, 10:34
15-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik darajasi hamda jamoat transporti harakati doimiy monitoring qilinmoqda.
📊 15-sentyabr kuni poytaxt yo'llarida 1 478 562 ta transport vositasi harakatlandi.
kunning tig'iz vaqtida poytaxt yo'llarida harakatlangan transport vositalari soni:— ertalab soat 07:00 va 08:00 oralig'ida 307 944 taga; — kechki soat 17:00 va 18:00 oralig'ida 326 914 taga yetdi.
🚌 Jamoat transporti harakati
15-sentyabr kuni 1 675 ta avtobuslar orqali 170 ta yo'nalish bo'yicha 22 174 ta qatnovda 1 525 311 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazildi.
Toshkent metropoliteni orqali 1 160 612 nafar yo‘lovchi tashildi.
Eng yuqori yo‘lovchi oqimi Chinor, Sergeli, Choshtepa, Olmazor, Chilonzor, Buyuk ipak yo‘li, Do‘stlik va Beruniy metro bekati bekatlarida kuzatildi.
🚦 Tirbandlik holati
Vaziyatlar markazi monitoringi davomida kunning tig‘iz vaqtida:
Ertalab 08:00 va 09:00 oralig'ida:
— 9 ta chorrahada (Nurafshon-Beruniy, KHAY-Sag'bon, M.Ulug'bek-T.Malik, Chilonzor-Cho'ponota, Furqat-I.Karimov, Samarqand Darvoza-Qoratosh, KHAY-Xonobod, Mahrjon-Sariko'l, Muqimiy-Bobur) tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan.
Kechki 18:00 va 19:00 oralig'ida:
— 10 ta chorrahada (Sebzor, P.Mahmud, Saqichmon, Nurafshon-Beruniy, Samarqand Darvoza-Qoratosh, Mehrjon-Sariko'l, Parkent-M.Ulug'bek, Sag'bon, Istiqbol, Cho'ponota) tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan.
Haydovchilarga yo‘lga chiqishdan avval harakat yo‘nalishini rejalashtirish, kunning tig‘iz vaqtlarida mazkur chorrahalardagi transport yuklamasini inobatga olish hamda zarur hollarda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ko‘rilgan tezkor choralar
Tirbandlik kuzatilgan nuqtalarda transport oqimini barqarorlashtirish maqsadida svetoforlarning ish rejimi muvofiqlashtirilib, zarur yo‘nalishlarda yashil signal vaqti uzaytirildi. Shuningdek, harakatni tartibga solish uchun zarur chorrahalarga YPX xodimlari jalb qilindi.
🏗 Ta'mirlash ishlari
Kommunal tashkilotlar tomonidan 15 ta ko'chada quyidagi tashkilotlar tomonidan ta'mirlash-tiklash va rejadagi ishlar amalga oshirilmoqda:
VEOLIA ENERGY TASHKENT MCHJ XK
Muqimiy ko‘chasi
Ohangrabo ko‘chasi
Beshariq ko‘chasi
Gulnora 1-tor ko‘chasi
Qorasuv ko‘chasi
A. Temur shoh ko‘chasi
Muhammad Yusuf ko‘chasi
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi
Qatortol 1-tor ko‘chasi
Oqqo‘rg‘on ko‘chasi
HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI AJ
Asrlar sadosi ko‘chasi
TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI AJ
Labzak ko‘chasi
Sultonali Mashhadiy ko‘chasi
Birlashgan ko‘chasi
TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI MCHJ
Vosit Vohidov ko‘chasi
Ishlar davomida transportlar harakat oqimiga qisman ta'sir ko'rsatuvchi ishlar olib borilishi, zarurat tug'ilgan hollarda qatnov qismidagi ayrim harakat tasmalari yopilishi mumkin.
Haydovchilardan mazkur holatlarni inobatga olgan holda harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish, zarur hollarda esa muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Haydovchilardan piyodalar yo‘laklari va ularning oldida transport vositalarini to‘xtatmaslik, piyodalarga belgilangan o‘tish joylarida yo‘l berish, avtobus bekatlari hududini band qilmaslik, jamoat transporti uchun ajratilgan “A” tasmasida harakatlanmaslik hamda bekatlarga kirib-chiqayotgan avtobuslar harakatiga xalaqit bermaslik so‘raladi.
Poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi Vaziyatlar markazi tomonidan real vaqtda nazorat qilib borilmoqda.
📚Toshkentda kitob mutolaasi uchun yangi maskan paydo bo‘ldi. Ammo bu oddiy kutubxona emas — uch qavatli, minglab kitobl...
🚛 Toshkent ko‘chalarida endi chiqindilarni tashishga 15 ta zamonaviy, to‘liq elektr quvvatida harakatlanuvchi maxsus te...

👉 Yog‘ingarchilik kunlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish, avvalo, muammolarni oldindan ...

“Mirzakalon Ismoiliy” mahallasidagi 1A, 2, 3, 5 va 7-sonli ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida joylashgan xon...