Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Avtomobillar soni 30 foizga oshdi, ammo tirbandlik 6 ballda saqlandi: YHTEM Vaziyatlar markazi Toshkent transport oqimini qanday boshqarmoqda?

2026-yil 2-sentabr — yangi o‘quv yilining ilk kunida Toshkent ko‘chalaridagi transport oqimi 24-avgustdagi odatiy ish kuniga nisbatan 30 foizga yuqori bo‘ldi.

Yuklamaga qaramay, shahar bo‘yicha umumiy tirbandlik ko‘rsatkichi 6 ball darajasida saqlandi. Ayrim uchastkalarda harakat tezligi pasaygan bo‘lsa-da, tirbandliklarning keskin ortishiga yo‘l qo‘yilmadi.

📊 Nega bu muhim?

Chorraha o‘tkazuvchanligi maksimal chegaraga yaqinlashganda, avtomobillar sonining kichik o‘sishi ham navbatning keskin uzayishiga olib kelishi mumkin. Shu bois transport oqimining 30 foizga ortishi alohida ko‘chalar va ular bilan bog‘langan chorrahalar tarmog‘i uchun jiddiy yuklama hisoblanadi.

Tirbandlikni 6 ballda ushlab turishga doimiy monitoring, muvofiqlashtirilgan ish va svetofor fazalarini tezkor o‘zgartirish orqali erishildi.

🖥 Shahar transport harakati — real vaqt rejimida

YHTEM transport oqimlarini markazlashgan tarzda kuzatish va boshqarish uchun Vaziyatlar markazini ishga tushirdi.

Maxsus raqamli tizimga poytaxtdagi deyarli barcha muhim tartibga solinadigan chorrahalar ulangan. Mutaxassislar real vaqt rejimida yo‘l holati, svetoforlar ishlashi, avtomobillar navbatining shakllanishi va jamoat transporti harakatini kuzatadi. Ertalabki, kunduzgi va kechki holat, shuningdek, yuklama yuqori magistrallardagi harakat alohida tahlil qilinadi.

Bu lokal tirbandlik qo‘shni ko‘chalarga tarqalib ketishidan oldin avtomobillar navbati ortishini aniqlash imkonini beradi.

🚦 Tirbandlik qanday bartaraf etiladi?

Ish jarayoni aniqlash — tahlil qilish — tartibga solish — natijani tekshirish tamoyili asosida tashkil etilgan.
Navbat ortganda mutaxassislar transport oqimi intensivligi va qo‘shni uchastkalardagi vaziyatni baholaydi.
Zaruratga qarab:
• yuklama yuqori yo‘nalishda yashil chiroq davomiyligi uzaytiriladi;
• svetofor fazalari qayta sozlanadi;
• qo‘shni svetoforlar o‘zaro muvofiqlashtiriladi;
• navbatning keyingi chorrahaga o‘tib ketishining oldi olinadi.

Shundan so‘ng kuzatuv davom ettirilib, harakatning qanchalik tez tiklanayotgani baholanadi.

⚠️ Svetofor sozlamalari yetarli bo‘lmaganda

Agar tirbandlik YTH, nosoz yoki to‘xtab qolgan avtomobil, yo‘l tasmasining yopilishi, ta’mirlash ishlari yoki to‘xtash qoidalarining buzilishi sababli yuzaga kelsa, ma’lumot tezkor ravishda Toshkent shahar IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga yetkaziladi.

Joyning o‘zida qo‘lda tartibga solish, yo‘l tasmasini bo‘shatish yoki xavfsiz aylanib o‘tish tashkil etiladi. Zaruratda yo‘l, kommunal, avariya va boshqa tegishli xizmatlar ham jalb etiladi.

👥 Transport harakatini kim nazorat qiladi?

Vaziyatlar markazida yo‘l-transport holatini har kuni nazorat qiluvchi ishchi guruh faoliyat yuritadi.
Uning tarkibiga:
• Toshkent shahar YHTEM;
• Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi;
• Toshkent shahar IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB;
• jamoat transporti dispetcherlik xizmatlari;
• muhandislik bo‘linmalari, transport modellashtirish mutaxassislari, tahlilchilar va dasturchilar vakillari kiradi.

Mahalliy mutaxassislar bilan birga xorijiy ekspertlar ham yo‘l-transport holatini tahlil qilib, transport oqimlari taqsimoti, tirbandlik sabablari va qabul qilinayotgan choralar samaradorligini o‘rganmoqda.

📈 Yangi o‘quv yilining birinchi kuni natijasi

Avtomobillar soni 30 foizga oshganiga qaramay:
✅ tirbandlik ko‘rsatkichi 6 ball darajasida saqlandi;
✅ tirbandliklarning keskin ortishiga yo‘l qo‘yilmadi;
✅ harakatdagi qiyinchiliklar tezkor aniqlanib, zarur choralar ko‘rildi;
✅ muhim chorrahalar doimiy nazorat ostida bo‘ldi.

Yaqin kunlarda monitoring kuchaytirilgan tartibda davom ettiriladi. Oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, texnikumlar va boshqa ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar boshlanishi bilan transport yuklamasi bosqichma-bosqich ortishi mumkin.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash – korrupsiyaning oldini olishning eng samarali mexanizmi
03.09.2026, 09:30
Davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni taʼmi...

Yangi O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etish dav...

Hurmatli talabalar!
02.09.2026, 17:57
Hurmatli talabalar!

Toshkent shahrida talabalarning kundalik transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.📲 Botg...

Yangi o‘quv yili: poytaxt transport tizimi yuqori yuklamaga tayyor
02.09.2026, 10:12
Yangi o‘quv yili: poytaxt transport tizimi yuqori ...

🔺 Ertaga, 2-sentabr kuni, umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yili boshlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent ko‘chal...

Toshkentning elektr quvvati qanchaga oshmoqda?
02.09.2026, 10:00
Toshkentning elektr quvvati qanchaga oshmoqda?

🤩Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Toshkent shahar hokimligi ko‘magida poytaxt elektr ta’minoti tizimini yanada ...