Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yangilagan holda saqlab qolish: «Yangiobod» kelajagini qanday bo'lishi kutilmoqda

Shahar jamoat infratuzilmasini yangilash, aholi uchun uning ochiqligi, xavfsizligi va qulayligini oshirish borasida izchil ish olib bormoqda.

Bu ishlar dastlab mahallalar, piyodalar yo‘laklari va boshqa jamoat joylarini obodonlashtirishdan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda shahar bozorlarini ham qamrab olgan.

Ana shunday obyektlardan biri «Yangiobod» bozoridir. Bu toshkentliklarga yaxshi tanish bo‘lgan, ko‘plab mamlakatlarda formati «burga bozori» deb ataladigan maskandir.

Aynan shuning uchun ham shahar bozorni yangilash haqida gapirganda, uning odatiy qiyofasini o‘zgartirish yoki uni boshqa formatdagi bozorga aylantirishni maqsad qilmayapti.

Vazifa ancha oddiy va tushunarli — «Yangiobod»ni shu yerda ishlaydiganlar va bu yerga keladiganlar uchun qulayroq, xavfsizroq va shinamroq qilish.

Gap hududni obodonlashtirish, me’yoriy sanitariya sharoitlari, xavfsizlik, zarur infratuzilma, qulay o‘tish yo‘laklari va avtoturargoh haqida bormoqda. Ya’ni, har qanday zamonaviy shahar bozorida bo‘lishi shart bo‘lgan oddiy sharoitlar haqida.

Shu bilan birga, bugun «Yangiobod»da ishlayotgan sotuvchilar o‘z savdo o‘rinlarini saqlab qoladilar. Bozorning odatiy ixtisoslashuvi va eng muhimi, uning o‘ziga xos muhiti ham saqlanib qoladi.

Hozirda shahar loyihachilar bilan birgalikda «Yangiobod»ni yangilash konsepsiyasini ishlab chiqmoqda. Biz uchun bu shunchaki qog‘ozda yaratilgan loyiha emas, balki ushbu bozor haqiqatan ham muhim bo‘lgan insonlarning fikri inobatga olingan yechim bo‘lishi muhim.

Shu bois loyiha jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi. Har bir inson taklif etilayotgan o‘zgarishlar bilan tanishishi, o‘z fikrini bildirishi, savollar berishi va takliflar kiritishi mumkin bo‘ladi.

Shaharning prinsipial vazifasi — odamlar manfaatlarini hisobga olgan holda, «Yangiobod»ning o‘ziga xos qiyofasi va muhitini saqlab qolib, ayni vaqtda yanada xavfsiz, qulay va zamonaviy muhit yaratishdan iborat.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
02.10.2026, 17:12
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida korrupsiyaga qa...

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hokimlik tizimid...

🏢Toshkentda renovatsiya dasturi ishtirokchilari yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tmoqda
02.10.2026, 15:15
🏢Toshkentda renovatsiya dasturi ishtirokchilari y...

👍 Toshkentda renovatsiya dasturi doirasida dastlabki oilalar yangi va zamonaviy xonadonlarga ko‘chib o‘tmoqda. Jumladan...

Navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi
02.10.2026, 10:24
Navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi

 Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rin...

Maktablar oldida bolalarni xavfsiz tushirish va olib ketish hududlari bosqichma-bosqich kengaymoqda
02.10.2026, 10:10
Maktablar oldida bolalarni xavfsiz tushirish va ol...

Toshkent shahrida maktab o‘quvchilarini xavfsiz tushirish va olib ketish uchun maxsus hududlarni tashkil etish ishlari b...